So’nggi yangiliklar

15:10Ўзбекистон футзал термасининг ЖЧ учун қайдномаси маълум!  0 14:38Ковачичга Саудия Арабистонида ҳафтасига 1 миллиондан кўпроқ маош тайёрлаб қўйишди  2 14:16"Удинезе" Санчесни янги мавсум учун рўйхатдан ўтказмади  1 13:56"Vamos, UZB!" баннерини кўтариб олган, вувузела чалишни тиндирмаган, ўйинни дурбинда кузатган мухлислар ГАЛЕРЕЯСИ  1 13:22"Челси" Конференциялар Лигаси учун таркибини эълон қилди: Коул Палмер рўйхатда йўқ  3 12:50ФИФА рейтингида етакчилик қилаётган Бразилия футзал терма жамоаси ҳақида нималар маълум?  1 12:23Барчанинг иштаҳасини очиб юборган 8.5 та ўрин, биз ёлғиз эмасмиз!  9 12:07Пике Ламин Ямалнинг майдондаги хатти-ҳаракатларини эътироф этди   3 11:40Хоселу: "Карвахаль "Олтин тўп"га лойиқ"  5 11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  1 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  7 10:27Футзал. Парагвай терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 09:55Жаҳон чемпиони Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  17 09:26"Реал Мадрид"нинг яна бир асосий таркиб футболчиси ФИФА кунларида жароҳат олди  8 09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  4

O'zbekiston terma jamoasi bilan tarixni yozishni maqsad qilgan futbolchi Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi bilan tarixni yozishni maqsad qilgan futbolchi

Eng iqtidorli hujumchilardan biri Eldor SHomurodov FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi.

Kecha saytimizda ushbu intervyuning qisqa variantini elon qilgandik. Bugun to'liq holda keltirib o'tamiz. 

Eldor SHomurodov JCH-2022 saralash bahslarida 6ta goli bilan O'zbekiston terma jamoasining eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi. Bu futbolchi avvaliga U-20 jahon chempionatida, undan keyin 2019 yilgi Osiyo Kubogida porladi. Endigi maqsadi esa asosiy jamoa bilan 2022 yilgi mundialda ishtirok etish. 

O'zbekiston terma jamoasining JCH saralash bosqichlaridagi ishtirokini tahlil qilganda har gal birorta futbolchining porlab chiqqani ko'zga tashlanadi. Masalan, Germaniyada bo'lib o'tgan JCH-2006 saralash uchrashuvlarini yodga olaylik. 

O'shanda milliy terma jamoa safida Aleksandr Geynrix porlagandi. Geynrix saralash bosqichida o'zini ko'rsatib, raqiblar darvozasiga to'rtta gol urgan, biroq pley-offda O'zbekistondan omad yuz o'girib Bahrayn uloqni ilib ketgandi. 

Undan keyingi jahon chempionati saralash o'yinlarida Maksim SHackix o'zini ko'rsatdi. U o'z hisobiga 8ta gol yozib qo'ydi. JCH-2014 saralash o'yinlarida O'zbekiston yana muvaffaqiyatli ishtirok etdi va Janubiy Koreyadan faqatgina to'plar nisbatiga ko'ra ortda qoldi. O'shanda Server Jeparov o'zini ko'rsatib saralash bahslarida o'z hisobiga to'rtta gol yozib qo'ygandi. 

Oradan yana yillar o'tdi. JCH-2022 saralash o'yinlari etib keldi. Bu safar yukni Eldor SHomurodov o'z gardaniga oldi. U hozircha 6ta gol urib, terma jamoamizga katta foyda keltirdi. Endilikda biz "D" guruhida keyingi bosqichga chiqish uchun kurash olib boryapmiz va buning uchun navbatdagi uchta bahsda g'alaba qozonish talab etiladi. 

"Jahon chempionatiga chiqish barchamiz uchun birdek muhim, ham xalqimiz, ham jamoa, ham o'zim uchun, - deydi "Rostov"da faoliyatini davom ettirayotgan 24 yoshli hujumchi. - 34 million aholisiga ega O'zbekiston mundialga borishni yillar davomida orzu qiladi. Men ham jahon chempionati uchun kurashayotgan jamoaning bir qismi bo'lishni xohlayman. Agar o'z maqsadimizga erishsak, bu voqea yurtimizda futbol yanada rivojlanishiga sabab bo'ladi". 

SHomurodov o'z intervyusida yana shunday deydi: "Turli yillardagi saralash o'yinlarini yodga olsak, mundialga chiqish uchun bir necha bor yaqin kelshganimizni ko'rasiz. Lekin negadir hal qiluvchi pallada doim omad yuz o'girgan. Xalqimiz bizdan ijobiy natija kutyapti va o'ylaymanki, bu safar hammasi boshqacha bo'ladi". 

Bo'yi 190 sm. bo'lgan hujumchi o'zining ayniqsa abjirligi va golni sezish qobiliyati bilan ajralib turadi. JCH-2022 saralash o'yinlarining hozirgi bosqichida SHomurodov Yaman, Singapur, Saudiya Arabistoni va Falastin bilan kechgan bahslarda to'p kiritib o'z jamoasiga yordam berdi. Xo'sh, SHomurodov o'z vaqtida qaysi futbolchilarga havas qilgan? 

"Menga ko'proq Fernando Torres bilan Dide Drogba o'yinlarini kuzatish yoqardi, - deydi istiqboli porloq hujumchi. - Menga Torresning o'yin uslubi hamda Drogbaning maydonda o'zini tutishi ko'proq yoqqan. Men ham ular kabi mohir hujumchi bo'lishni xohlayman".

 

SHomurodov kecha yo bugun chiqib qolgan futbolchi emas. U 2015 yil Yangi Zelandiyada o'tkazilgan U-20 jahon chempionatida ham o'zini ko'rsata olgandi. O'shanda u ikkita goli bilan o'z jamoasiga yordam bergan. "Bu musobaqa men uchun katta tajriba maktabi bo'lgan. Balki ikkita gol urish kamdir, lekin aynan shu gollar menga o'z kuchimga nisbatan ishonch taqdim etgandi deya olaman". 

2016 yildan beri O'zbekiston milliy terma jamoasida o'ynab kelayotgan Eldor SHomurodov shu paytgacha 42 uchrashuvda maydonga tushib, 19ta gol urgan va bu borada terma jamoa to'purarlari orasida 7-o'rinni egallab turibdi. U birinchi o'rindagi Maksim SHackixdan 15ta golga ortda qolyapti va shu ketishda o'zib ketishi mumkin. 

"Hujumchi uchun eng muhimi, gollar urish, - deydi SHomurodov. - CHunki sizga urgan gollaringizga qarab baho berishadi. Qolaversa qancha ko'p to'p kiritsangiz, muxlislarni shuncha xursand qilasiz. Men har bir o'yinda gol ursam deyman. Orzuyim esa jahon chempionatiga chiqish bilan birga O'zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylanish. Buning uchun bor kuchimni ishga solaman". 

P.S. Nima ham derdik, ushbu orzu yo'lida Eldor SHomurodovga omad tilab qolamiz. O'ylaymizki, bir kun kelib u o'z maqsadiga erishadi. 

Quyida qo'shimcha malumot sifatida O'zbekiston terma jamoasida eng ko'p gol urgan futbolchilar ro'yxatini keltirib o'tamiz. 

1. Maksim SHackix - 61 o'yin, 34 gol. 

2. Aleksandr Geynrix - 98 o'yin, 31 gol. 

3. Mirjalol Qosimov - 66 o'yin, 31 gol. 

4. Server Jeparov - 128 o'yin, 25 gol. 

5. Odil Ahmedov - 105 o'yin, 20 gol. 

6. Igor SHkvirin - 31 o'yin, 20 gol. 

7. Eldor SHomurodov - 42 o'yin, 19 gol.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика