O'zbekiston terma jamoasi azolarida koronavirus aniqlangani tasdiqlandi. Ularga javob berildi
04 avg 2020 22:27
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasi azolarida koronavirus aniqlangani tasdiqlandi. Ularga javob berildi
O'zbekiston milliy terma jamoasining o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etayotgan futbolchilardan koronavirusga olingan so'nggi test natijalariga ko'ra 6 nafar futbolchida COVID-19 infekciyasi aniqlandi.
Virus aniqlangan futbolchilarda kasallikning hech qanday siptomlari kuzatilmadi va ular o'zini har doimgidek yaxshi his etishmoqda. Biroq terma jamoa shtabi ehtiyot chorasi sifatida ularga yakkalangan holda muolaja olishlari uchun javob berishga qaror qildi. Ularning holati klublar shifokorlari bilan birga nazorat qilinadi", - deb yozadi O'FA matbuot xizmati.
Oldinroq saytimizda terma jamoaning 5 futbolchisida koronavirus aniqlangani haqida xabar bergan edik.
Quyida O'FA matbuot xizmati tomonidan olingan rasmlarni tomosha qiling.
Fikrlar