So’nggi yangiliklar

09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  0 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  1 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  9 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  1 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  2 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  7 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   17

Kuper durang bilan boshladi. O'zbekiston - Suriya 1:1 Yangiliklar

Kuper durang bilan boshladi. O'zbekiston - Suriya 1:1

O'zbekiston va Suriya o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston - Suriya 1:1
6 sentyabr 2018. Toshkent. "Milliy" stadion. 20:00
Bosh hakam:
CHorimurod Qurbonov (Turkmaniston)

Qanot hakamlari: Polvon Polvonov, Ahmet Beknazarov.

Gol: Marat Bikmaev 64 penalti, - 1:0. Omar Al Soma 78, - 1:1.

O'zbekiston: 1.Ignatiy Nesterov, 2.Akmal SHorahmedov, 31.Egor Krimec, 5.Anzur Ismoilov, 13.Oleg Zoteev, 8.Javlon Ibrohimov (18.Sardor Sobirxo'jaev, 46), 16.Otabek SHukurov, 27.Sardor Rashidov (14.Eldor SHomurodov, 76), 10.Marat Bikmaev (11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 68), 6.Husniddin G'ofurov (26.Sanat SHixov, 68), 28.Ivan Nagaev (15.Sardor Mirzaev, 55)
Zaxira: 12.Eldor Suyunov, 30.Sanjar Quvvatov, 24.Murod Xolmuhammedov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 4.Farrux Sayfiev, 9.Odil Ahmedov, 21.Igor Sergeev,

Suriya: 1.Ibrohim Alma, 3.Nodim Sabog', 15.Abdul Malik Alanizan, 4.Jihod Al Baour, 5.Omro Al Midani, 8.Mahmud Al Mavas, 9.Omar Al Soma, 11.Osama Omari (7.Aias Osman, 83), 14.Tamir Xoj Muhammad, 10.Muhammad Usmon, 21.Fahad Yusuf
Zaxira: 22.SHaher Al SHokir, 23.Ahmad Madaniyah, 2.Esra Al Hamviah, 6.Omro Jeniat, 12.Hussayin Al Jvayed, 13.Ahmad Ashkar, 16.Hamid Mido, 17.Yusuf Kalfa, 18.Gabriel Somi, 19.Mardik Mardikyan, 20.Txaer Kruma.

Ogohlantirishlar: Tamir Xoj Muhammad 30.


Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH



O'yin tugadi. O'zbekiston Ektor Kuper boshchiligidagi ilk o'yinda Suriya bilan durang o'ynadi

90+5. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! QANDAY QILIIIIIIIIIB! Sardor Mirzaev 3 mertrdan to'pni darvozaga emas osmonga qarab tepib yubordi.

90+4. So'nggi daqiqalarda vakillarimiz hujumda o'ynashmoqda

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shib berildi

89. Marat Bikmaevning golini tomosha qilishni istaganlar telegramdagi kanalimizga o'tishlari mumkin: VIDEONI KO'RISH

88. ZARBA! Omar Al Soma jarima to'pini amalga oshirdi, to'p jonli devorga tegib qaytdi

83. O'zgarish. Suriya. Osama Omari o'rniga Aias Osman tushdi

78. GOL! 1:1. Omar Al Soma hisobni tenglashtirdi

76. O'zgarish. O'zbekiston. Sardor Rashidov o'rniga Eldor SHomurodov tushdi

74. ZARBAAA! Suriyaliklar hozir Nesterov qo'riqlayotgan darvoza to'sinini nishonga olishdi

70. ZARBAAAAAAAAAAAAAA! Rashidovning kuchli zarbasini darvozabon qaytardi

68. O'zgarish. O'zbekiston. Marat Bikmaev o'rniga Temurxo'ja Abduxoliqov tushdi

68. O'zgarish. O'zbekiston. Husniddin G'ofurov o'rniga Sanat SHixov tushdi

64. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MARAT BIKMAEV! 1:0. 

63. PENALTI! Suriyalik himoyachi to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun bosh hakam penalti belgiladi

60. O'yindan avval O'FA Ignatiy Nesterovga 100 raqami yozilgan futbolkani topshirdi

55. O'zgarish. O'zbekiston. Ivan Nagaev o'rniga Sardor Mirzaev tushdi. Endi Bikmaev hujumchi sifatida o'ynaydi

O'zbekiston - Suriya. Dastlabki FOTOGALEREYA

53. Xavfli vaziyat! Nagaev katta tezlikda olding o'tib to'pni sherigiga uzata olmadi, keyingi vazitda Zoteev jarima maydoniga kirib borib zarba berdi, noaniq

51. Xavfli vaziyat! Suriyaliklar bugun baribir gol urishga harakat qilishmoqda

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. O'zbekiston. Javlon Ibrohimov o'rniga Sardor Sobirxo'jaev


Birinchi taym tugadi. Hozircha 0:0

45+2. Xavfli vaziyayayayayayayayayayat! Rashidovning tezkor harakatlaridan so'ng Nagaev birga bir vaziyatga chiqib bordi, ammo to'pni himoyachiga oldirib qo'ydi

45+1. Taym boshida sokin o'yin namoyish qilgan suriyaliklar taym oxirida terma jamoamizni jarim maydoniga "qamab" qo'ydi!

45. Uchrashuvga ikki daqiqa qo'shildi

43. ZARBAAAAAAAAAAAA! Omar Al Soma tomonidan yo'llagan kuchli zarbani Nesterov qaytardi!

41. Abdul Malik Alanizan qo'pollik bilan to'xatib qolindi, Husniddin G'ofurov bu vaziyatda uni yiqilishiga sababchi bo'ldi. Takroriy lavhalarda suriyalik futbolchi simulyaciya qilgani yaqqol ko'rindi.

37. ZARBAAAAAAAAAA! Suriyaliklardan navbatdagi xavfli hujum! Bu safar darvozaga yo'llangan kuchli zarbani Nesterov qaytardi!

34. Qanday xato! Krimecning o'ta qo'pol xatosidan keyi sal qolsa suriyalilar hisobni ochishlari mumkin edi, Nesterov to'pni qaytarib yubordi

30. Ogohlantirish. Suriya. Tamir Xoj Muhammad

26. ZARBAAAAAAA! Rashidov chamasi 25 metrlardan belgilangan jarima to'pini amalga oshirdi, zarbani darvozabon qaytardi

25. Raqiblar SHorahmedovni yiqitishdi. Jarima to'pi

22. SHorahmedov o'ng qanotdan to'pni hujumga oshirdi, noaniq pas

21. Xavfli vaziyat! Hujumda raqib posboniga pressing qildik va Rashidov to'pni oldinga oshirdi, biroq Nagaev to'pga ulgurmadi

17. Uchrashuv sokin o'tmoqda

12. ZARBA! Abdul Malik Alanizan tomonidan yo'llagan zarba Nesterovga qiyinchilik tug'dirmadi

11. Suriya terma jamoasi sokin futbol namoyish etmoqda. Bu shunchaki o'rtoqlik uchrashuvi bo'lgani uchun shunday bo'layapti deb o'ylaymiz

8. ZARBAAAAAAA! Rashidov jarima to'pini amalga oshirdi, Bikmaev zarba berdi, to'p darvoza to'riga tashqi tomondan tegdi

5. Xavfli vaziyat! CHap qanotdan Rashidov oldinga o'tib to'pni jarima maydoniga uzatdi, afsuski Nagaev unga eta olmadi

4. Zarba! Kuchli zarbadan so'ng Nesterov to'pni egallab oldi

3. Hozircha jamoalar bir birlarini o'rganishmoqda va sekin asta hujumga o'tishga urinishmoqda.

1. O'YIN BOSHLANDI! OLG'A O'ZBEKISTON!

- Endi navbat O'zbekiston davlat madhiyasiga

- Dastlab Suriya davlat madhiyasi

- Ikkala jamoa azolari stadionga tushib kelishdi.

- O'zbekiston va Suriya bahsigacha bo'lgan qaynoq FOTOGALEREYA

- Ikkala jamoa futbolchilari chigalyozdi mashg'ulotlarini olib borishmoqda.

O'zbekiston - Suriya. Jamoalar stadionga etib kelishdi FOTOGALEREYA

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.



Reyting: +58   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика