So’nggi yangiliklar

12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  4 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  12 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  1 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  4 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2 08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  17 07:47“Навбаҳор“ Одиловнинг ўрнига бразилиялик футболчини олиб келмоқда  7 07:20Суперлигада иккинчи давра бошланишига 10 кун қолганида навбатдаги истеъфо рўй берди  10

Coca Cola Superliga. "Neftchi" mavsumni Bekobodda yirik g'alaba bilan boshladi, Umar Adhamzoda qahramon! Yangiliklar

Coca Cola Superliga. "Neftchi" mavsumni Bekobodda yirik g'alaba bilan boshladi, Umar Adhamzoda qahramon!

Coca-Cola Superligasining 1-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Neftchi" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

 

Coca-Cola Superliga. 1-tur
METALLURG – NEFTCHI - 0:3 
3 mart 2023 yil. Bekobod. "Metallurg" stadioni
Hakamlar: Rahimbek Karimov, Sardor Nishonboev, Oybek Kalaxo'jaev, Rustam CHoriev
VAR hakami: Rustam Lutfullin
AVAR: Kristina Sereda
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: Qudrat Madraimov

Gollar: Mirzohid G'ofurov 28, - 0:1 (Umar Adhamzoda). Umar Adhamzoda 33, - 0:2 (Diyorjon Turopov). Umar Adhamzoda 87, - 0:3 (Yuriy Batyushin).

"Metallurg": 12.Aleksandr Lobanov, 4.Kerim Palich, 6.Xudoyshukur Sattorov, 10.Bektemir Abdumannonov, 14.Abrorbek Toshqo'ziev, 17.Vladislav Kasminin, 21.Abdujalil Manazarov, 22.SHahzodbek G'ofurbekov (30.Ibrohim Ibragimov, 46), 23.Behruz SHodmonov (9.Zabihillo O'rinboev, 46), 55.Filip Stamenkovich, 91.Marko Obradovich (7.Husniddin G'ofurov, 73).
Zaxira: 87.Akmal Ortiqov, 99.Vladimir Vagin, 5.Muhammadbobir Mo'ydinov, 15.Rian Islamov, 19.Ergash Ismoilov, 77.Asilbek Qayumov.

"Neftchi": 45.Akbar To'raev, 2.Zoir Jo'raboev, 4.Andrey Mishchenko (21.Muhsinjon Ubaydullaev, 67), 7.Umar Adhamzoda, 8.Nurillo To'xtasinov (5.Yuriy Batyushin, 71), 9.Ulug'bek Hoshimov, 19.Mirzohid G'ofurov, 22.Toma Tabatadze (11.Izzatilla Abdullaev, 83), 23.Diyorjon Turopov, 24.G'ulom Haydar G'ulomov, 26.Oleksey Larin.
Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 3.Nodirxon Nematxonov, 10.Sunnatilla Abdullajonov, 17.Abdulloh Olimov, 70.Abbosjon G'ulomov, 35.Murodbek Bobojonov.

Ogohlantirishlar: Behruz SHodmonov 38,

CHetlatish: Vladislav Kasminin 90.

 


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH 


90+5. O'yin tugadi. "Neftchi" mavsumni safardagi yirik g'alaba bilan boshladi!

90. Uchrashuvning ikkinchi taymiga 5 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

90. QIZIL KARTOCHKA! Vladislav Kasminin! "Metallurg" 10 kishi bo'lib qolmoqda, Kasminin G'ulomovga nisbatan juda qo'pol o'ynadi!

87. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! UMAR ADHAMZODAAAA! 0:3! Bayutshindan chiroyli pas va Adhamzodadan gol! 

83. O'zgarish. "Neftchi". Tabatadze o'rniga Izzatilla Abdullaev tushdi

79. Zarba! Kerim Palichning olis masofadan zarbasiga aniqlik etishmadi.

73. O'zgarish. "Metallurg". Obradovich o'rniga Husniddin G'ofurov tushdi

71. O'zgarish. "Neftchi". To'xtasinov o'rniga Yuriy Batyushin tushdi

67. O'zgarish. "Neftchi". Mishchenko o'rniga Muhsinjon Ubaydallaev tushdi

66. ZARBAAAAAAAAAAAA! QANDAY VAZIYAT! Abdumannonov deyarli bo'sh darvozaga gol ura olmadi! 

64. ZARBAAAAAA! "Metallurg"ning hujumi, Ibragimovdan ajoyib uzatma, Abdumannonovdan zarba, Akbar To'raev o'z o'rnida! 

57. ZARBAAAA! Abrorbek Toshqo'zievning yaqin masofadan tepgan to'pini Akbar To'raev qaytardi.

47. ZARBAA! Nurillo To'xtasinov jarima to'pini amalga oshirdi. Noaniq

46. Ikkinchi taym boshlandi 

46. O'zgarishlar. "Metallurg". SHodmonov o'rniga Zabihillo O'rinboev tushdi, G'ofurbekov o'rniga Ibrohim Ibragimov tushdi




45+2. Birinchi taym tugadi, hozircha 0:2

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shib berildi

38. Ogohlantirish. "Metallurg". Behruz SHodmonov

33. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! UMAR ADHAMZODA! 0:2. To'xtasinov-Turopov kombinaciyasidan keyin Adhamzoda gol urdi! VIDEONI KO'RISH

28. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MIRZOHID G'OFUROV! 0:1. Umar Adhamzoda tomonidan uzatilgan to'pni G'ofurov boshi bilan Lobanov qo'riqlayotgan darvozaga yo'lladi! VIDEONI KO'RISH

22. "Neftchi"ning hujumi, raqib jarima maydoni ichida paydo bo'lgan Mirzohid G'ofurovning zarbasi himoyachiga tegib maydonni tark etdi. Mehmonlarda burchak to'pi, uzatilgan to'pni "Metallurg" himoyachilari qaytarishdi

10. Bugun ikkala jamoa ham 3 nafar markaziy himoyachi taktikasida o'ynamoqda

6. ZARBAAAA! "Metallurg"ning xavfli hujumi, Abdumannonov uzatgan to'pni Behruz SHodmonov darvozaga yo'lladi, Akbar To'raev to'pni qaytardi! 

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика