O'zbekiston Superligasi. "Navbahor" - "Qizilqum", "Paxtakor" - "Olimpik" va 1-turning qolgan juftliklari malum bo'ldi
07 fev 2023 22:00
Yangiliklar
O'zbekiston Superligasi. "Navbahor" - "Qizilqum", "Paxtakor" - "Olimpik" va 1-turning qolgan juftliklari malum bo'ldi
Qura tashlash jarayoni Berger tizimi asosida o'tkazildi.
Yangi mavsum avvalida bir qator klublar o'z stadioni maydonini yangilayotgani yoki U20 Osiyo kubogi o'tkazilishi bois uy uchrashuvlarini boshqa o'yingohlarda o'tkazadi. SHu sababli bitta stadiondan foydalanadigan klublar o'zaro juftlik hosil qiladi. Bunday jamoalar soni — 6 ta:
* "Andijon" va "Neftchi" ("Istiqlol" stadioni);
* AGMK va "Olimpik" (Jar stadioni);
* "Surxon" va "Paxtakor" ("Paxtakor" stadioni).
- "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev 1-turni iloji bo'lsa uyda boshlashni xohlashini aytib o'tdi.
- AGMK ustozi Mirjalol Qosimov esa o'tgan yilgidan ko'ra ko'proq kurash va intriga kutayotganini aytdi.
- Samvel Babayan esa 1-turda kim bilan va qaerda o'ynashning ahamiyati yo'qligini, muhimi haqiqiy zo'r atmosfera bo'lishi va bayram bo'lishi deb aytib o'tdi.
Qura tashlash marosimi boshlandi. 1-tur:
"Navbahor" - "Qizilqum"
"Metallurg" - "Neftchi"
"Paxtakor" - "Olimpik"
"So'g'diyona" - "Bunyodkor"
AGMK - "Surxon"
"Andijon" - "Nasaf"
"Turon" - "Buxoro"
Fikrlar