O'zbekiston Superkubogi uchrashuvi chiptalari ertadan sotuvga chiqadi
02 mar 2021 21:24
Yangiliklar
O'zbekiston Superkubogi uchrashuvi chiptalari ertadan sotuvga chiqadi
Bilasiz, 6 mart kuni O'zbekiston Superkubogi-2021 uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Amaldagi chempion “Paxtakor” va vice-chempion “Nasaf” klublari o'rtasidagi qiziqarli bellashuvga Samarqand shahridagi “Dinamo” stadioni mezbonlik qiladi.
Ertaga, 3 mart kunidan etiboran “Dinamo” stadioni kassalarida uchrashuv chiptalari sotuvi yo'lga qo'yiladi. O'yinni bevosita stadiondan kuzatish istagida bo'lgan futbol muxlislari stadion kassalaridan o'yin chiptalarini harid qilishlari mumkin bo'ladi.
Takidlab o'tamiz, “Paxtakor” va “Nasaf” o'rtasida kechadigan O'zbekiston Superkubogi uchun uchrashuv 6 mart kuni bo'lib o'tadi va soat 16:00 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar