So’nggi yangiliklar

08:55He we go! “Реал“ яна бир футболчи билан келишувга эришди  4 08:26“Насаф“нинг яна бир етакчиси легионерга айланиши мумкин  1 07:57“Пахтакор“ ҳужумчиси иккинчи даврани “Динамо“да ўтказади  1 07:34Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди  7 01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  11 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  5 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  15

O'zbekiston Superkubogi. Piter Xyuistra: "Nasaf" kuchli pressing qilganida ham yigitlarimiz yaxshi o'ynashdi" Yangiliklar

O'zbekiston Superkubogi. Piter Xyuistra: "Nasaf" kuchli pressing qilganida ham yigitlarimiz yaxshi o'ynashdi"

O'zbekiston Superkubogi doirasidagi "Paxtakor" - "Nasaf" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida "Paxtakor" bosh murabbiyi Piter Xyuistra ishtirok etdi.




Piter Xyuistra: - Kubokni yutish hamisha yoqimli. Birinchi rasmiy o'yin uchun jamoalar yaxshi futbol ko'rsatishdi. Natija ijobiy bo'lganidan xursandmiz.

- O'yin davomida Eren Derdiyok jarohat oldi va almashtirilgach CHeran hujumga o'tdi. Mavsum davomida ham shunday bo'ladimi yoki Derdiyokning o'rnini to'ldira oladigan hujumchi bormi?
- Keyingi o'yin 10 mart kuni, umid qilamizki Derdiyok keyingi bahsda bizga yordam beradi. Imkon boricha tarkibimizda bor futbolchilardan foydalanamiz. Bizda oldinda bir necha variantlar bor. Uning o'rnini to'ldirish imkoniyatiga egamiz. CHempion boshlanguncha balki yangi futbolchi olarmiz, agar bunday bo'lmagan holda bor imkoniyatlardan foydalanmiz. Mavsum davomida buni namoyish etishga urinamiz.

- G'alaba bilan tabriklaymiz! "Paxtakor" qachon OCHLda O'zbekiston sharafini munosib himoya oladi? Jamoaning potenciali qanday?

- Mavsum oldidan tarkibni kuchaytirishga intildik, tan olish kerak ko'plab futbolchilar ketishdi. Tarkibda bor futbolchilar bilan mavsum davomida barcha musobaqalarda g'olib chiqishga intilamiz. Barcha futbolchilarni jipslashtirgan holda g'alabalarga intilamiz.

- O'yin boshida "Nasaf" jamoasi pressing orqali "Paxtakor"ni shoshirib qo'ydi...
Piter Xyuistra:
- Jamoalar raqibning kuchli taraflarini zararsizlantirishga intiladi. Raqib ham shunday qilishga urindi. Biz keyinroq tashabbusni o'z tomonimizga og'dirdik. O'yinni nazorat qildik va tartibli o'yin ko'rsatdik. Ikkinchi bo'limda esa ko'proq hududlar yuzaga keldi. "Nasaf" kuchli pressing qilganida ham yigitlarimiz yaxshi o'ynashdi.


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика