O'zbekiston Superkubogi haqida 7 fakt
27 fev 2022 10:37
Yangiliklar
O'zbekiston Superkubogi haqida 7 fakt
SHu tufayli etiboringizga 7 qiziqarli faktni taqdim qilamiz.
1. Eng ko'p gol 1999 yilda o'tkazilgan "Navbahor" - "Paxtakor" bahsida urilgan. O'shanda namanganliklar "sherlar" ustidan 4:2 hisobida zafar quchgan edi.
2. Superkubok bahslarida shu paytga qadar 6 jamoa ishtirok etgan: "Paxtakor" (4), "Lokomotiv" (3), "Nasaf" (2), "Navbahor, "Bunyodkor" va AGMK.
3. O'zbekiston Superkubogini eng ko'p qo'lga kiritgan jamoa "Lokomotiv" bo'lsa (2 marta), "Paxtakor" unda eng ko'p engilgan (3 marta).
4. AGMK Superkubokda ishtirok etib, unda zafar qucholmagan yagona jamoadir.
5. Superkubok bahsida faqat 2 nafar futbolchi dublga erishgan: Leonid Koshelev, Andrey Akopyanc. Temurxo'ja Abduxoliqov esa 2 ta uchrashuvda gol urishni uddalagan tanho futbolchi.
6. Yaypandagi o'yin "Nasaf" tarixiga Superkubok doirasidagi 3-uchrashuv sifatida kiradi. Qiziqarli jihati, bu bahslarning barchasida jamoa ustozi Ro'ziqul Berdiev bo'lgan.
7. Stadionga eng ko'p muxlis yig'gan uchrashuv 2019 yilda o'tkazilgan. O'shanda "Lokomotiv" va AGMK jamoalari bellashuvni tomosha qilish uchun "Paxtakor" stadioniga 18 171 tomoshabin tashrif buyurgan edi.
Fikrlar