So’nggi yangiliklar

08:55He we go! “Реал“ яна бир футболчи билан келишувга эришди  2 08:26“Насаф“нинг яна бир етакчиси легионерга айланиши мумкин  1 07:57“Пахтакор“ ҳужумчиси иккинчи даврани “Динамо“да ўтказади  1 07:34Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди  6 01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  11 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  5 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  15

O'zbekiston Superkubogi. Dragan CHeran: "Nasaf"dagi barchasiga bosh murabbiy "aybdor" Yangiliklar

O'zbekiston Superkubogi. Dragan CHeran: "Nasaf"dagi barchasiga bosh murabbiy "aybdor"

O'zbekiston Superkubogi doirasidagi "Paxtakor" - "Nasaf" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Dragan CHeran ham ishtirok etdi.

Dragan CHeran: - Kuchli raqibga qarshi qiyin o'yin o'tkazdik. Doim "Nasaf" bilan o'yinlar qiziqarli kechadi. Raqibni jiddiy o'rgandik va yakunda bu bizga foyda keltirdi. "Paxtakor" tarixida birinchi marta bu sovringa ega chiqdik. Nomimizni tarixga yozdirib qo'ydik. Baxtlimiz. 4 kundan so'ng Superliga doirasida yana "Nasaf"ga qarshi o'ynaymiz. Bugungi g'alaba tarixda qoldi va yangi o'yinga tayyorlanamiz.

- Bugun Sayfievning to'p uzatishidan keyin gol urdingiz. Siz ham, u ham "Nasaf"da o'ynagansiz. "Nasaf"da nimadir bormi? Nima uchun har yili yaxshi futbolchilar etishib chiqaveradi?
- "Nasaf"da yaxshi murabbiy bor. Akademiyadan har yili yoshlarni asosiy jamoaga tayyorlaydi. Keyinchalik ular boshqa jamoaga o'tishlari mumkin. Barchasiga bosh murabbiy "aybdor" (kuladi). Albatta ijobiy manoda aybdor.

- O'zbekiston terma jamoasida o'ynashingiz haqida ko'plab gap so'zlar chiqdi...

- Ayni paytda aniq hech nima ayta olmayman. Balki, xudo xohlasa o'ynarman.


Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика