So’nggi yangiliklar

14:36"Фенербахче" ўз таркибига А Сериядан ярим ҳимоячи қўшиб олди  0 14:01"Ливерпуль" дарвозабони клубдан кетиш ниятидалигини маълум қилди  1 13:13БМБ футзал клуби Панама ва Венесуэлага қарши ўртоқлик учрашувлари ўтказди   3 12:49Эдегор Австрияга қарши ўйинда жароҳат олди  2 12:36Долен Омурзаков ким бўлган?  8 12:18"Мустақиллик Кубоги-2024" мусобақаси якунланди. Бош соврин Оҳайо штатига йўл олди  2 11:56Футзал. Коста-Рика терма жамоаси Тошкентга етиб келди  1 11:35"Ал Насср" Криштиану Роналдуга Италиядан янги мураббий топди  11 10:47Афсуски, сардоримиз ҳам мундиални ўтказиб юборади. Ўзбекистон футзал терма жамоасининг ЖЧ-2024 учун якуний рўйхати маълум  9 10:45Биринчи лигада мавсумнинг энг йирик ҳисобдаги ғалабаси қайд этилди   4 10:20Андижон" собиқ футболчиси Африка клубига ўтди   10 09:40Ўзбекистон терма жамоаси Бишкекдаги машғулотини қандай ўтказди? ФОТОМАҚОЛА  9 09:10Футзал. Абдулла Бўриев: "Ўзбекистон терма жамоаси аввалги натижасини яхшилашига умид қиламан"   2 08:40 Мундиал-2026. Рустам Ашурматов: Менда "Рубин"дан ташқари ўша вақтнинг ўзида Қатардан ҳам шартнома бор эди"   1 08:10Ўзбекистон сўнгги бор меҳмонда Қирғиз Республикасига қарши қандай натижа қайд этган?   12

O'zbekiston Superkubogi - 2021. "Paxtakor"ning to'rtinchi urinishi omadli chiqadimi? Yangiliklar

O'zbekiston Superkubogi - 2021. "Paxtakor"ning to'rtinchi urinishi omadli chiqadimi?

Ertaga "Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari Superkubok bahsi orqali yangi mavsumni boshlab berishadi.

Unda mamlakat chempioni maqomi sifatida "Paxtakor" va kubokda ham jamoa g'olib chiqqani sabab ikkkinchi o'rin sohibi "Nasaf"ga qarshi bahs olib boradi.

Biz esa mazkur uchrashuv oldidan qiziqarli malumotlar, faktlarni etiboringizga havola etamiz. 

Joriy yilgi O'zbekiston Superkubogi tarixdagi oltinchisi hisoblanadi. Bunga qadar o'tkazilgan beshta uchrashuvda "Navbahor", "Bunyodkor" ,"Lokomotiv" ikki bor va "Nasaf" bir marotaba bosh sovringa ega chiqqan. "Paxtakor" ushbu beshta o'yinning uchtasida ishtirok etgan va barchasida mag'lubiyatga uchragan. 1999 yil "Navbahor", 2015 yil "Lokomotiv" va 2016 yil "Nasaf"ga imkoniyat boy berilgan. Ertangi bahs "sherlar" uchun Superkubokdagi to'rtinchi bellashuv hisoblanadi. "Nasaf" uchun esa ikkinchisidir. Bu jamoalar umumiy hisobda Superkubokda ikkinchi bor to'qnash kelmoqda. 2016 yil Toshkentda o'tkazilgan bahsda Artur Gevorkyanning yagona goli qarshiliklarga 1:0 hisobidagi g'alabani taqdim qilgan edi. "Paxtakor" Superkubokda jami 9ta gol o'tkazib yuborgan va 2ta gol urgan.  "Paxtakor" g'alaba qozongan taqdirda O'zbekistonda barcha musobaqalarda zafar quchgan birinchi jamoaga aylanadi. 

2016 yilgi O'zbekiston Superkubogidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Nasaf" 0:1 o'yinidan fotosuratlar

Superkubok bahsiga jamoalar turli holatda va tayyorgarlikda etib kelishdi. "Nasaf" tarkibida yo'qotishlar ko'p ekanligini takidlash joiz. Qishki transferlar oynasi vaqtida jamoani Islom Kenjaboev, SHarof Muhitdinov, Javohir Esonqulov, Bobir Abdixoliqov, Mashhur Muhammadjonovlar tark etdi. Albatta bu futbolchilar o'tgan mavsum katta hajmdagi ishni bajarishdi. SHunday ekan ularning o'rni to'ldirilishi kutilgan edi. Biroq, klub "Dinamo"dan Suhrob Nurulloev, "SHo'rtan"dan esa SHokir Yo'ldoshevni taklif qilish bilan cheklandi. Albatta, jamoa imkoniyat va mavjud sharoitdan kelib chiqib ish tutmoqda.  Yangi mavsumga tayyorgarlikni Qarshi va Toshkentda olib borgan "ajdarlar" o'rtoqlik o'yinlarida quyidagi natijalarni qayd etdi: "Mashal" 0:1, "Dinamo" 0:0, 3:2, "Andijon" 1:0, "SHo'rtan" 2:0, "Surxon" 3:1, "Buxoro" 1:0. 

"Paxtakor"da esa barchasi yuqori darajada tashkillashtirildi. Garchi jamoani Javohir Sidiqov, Sadriddin Abdullaev, Umid Hamroev, Jaloliddin Masharipov, Doston Hamdamov, Igor Sergeev, Vladimir Kozak, SHohruh Mahmudxojiev, Asad Sobirjonov (ijara), Ulug'bek Hoshimov, Akrom Komilov, Odil Hamrobekov kabi nomdor futbolchilar tark etganiga qaramasdan, ketganlarning o'rni munosib to'ldirildi, deya olamiz. SHerzod Temirov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev (ijaradan qaytdi), Marlen CHobanov, Humoyunmirzo Iminov (ijaradan qaytdi), Aziz Turg'unboev, Sardor Rashidov, SHarof Muhiddinov kabi ijrochilar boshqa klublarga yo'l olgan etakchilarning o'rnini bilintirmaslikka harakat qiladi. "Paxtakor" o'rtoqlik o'yinlarida raqibiga nisbatan ancha kuchli va top darajadagi jamoalar bilan kuch sinashdi: "Zenit" 0:3, "Spartak" 1:2, "Riga" 0:2, "Qizilqum" 0:0. 

Ko'rib turganingizdek qisman bo'lsada ustunlik "Paxtakor" tomonida. Lekin, Ro'ziqul Berdievning bunday o'yinlarga futbolchilarini qanday tayyorlashini va kutilmagan sovg'a taqdim qilishini bilamiz. Bunga avvalgi mavsumlarda bir necha bor guvoh bo'ldik. Poytaxt klubida ishtiyoq va xohish, revansh olish ikki hissa yuqori ekanligi tabiiy. Boisi, ular yuqorida zikr etilganidek hali Superkubokda g'olib chiqmagan. 

Bosh murabbiy Piter Xyuistra ham kechagi matbuot anjumanida bu borada to'xtalib o'tdi: "Biz uchun mavsum Superkubok bahsi bilan boshlanadi. "Nasaf" juda ham yaxshi jamoa. Superkubok biz yutishimiz kerak bo'lgan yangi sovrin. G'alaba qozonish orqali mavsumni sovrin bilan boshlash niyatidamiz",- deydi niderlandiyalik mutaxassis. Superkubokdagi uchrashuv bosh murabbiy Piter Xyuistra uchun rasmiy debyut bo'ladi.

O'zbekiston Superkubogi Samarqand shahridagi "Dinamo" markaziy stadionida o'tkaziladi. Uchrashuv ertaga soat 16:00da start oladi. Bahsni Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Ruslan Serazitdinov va Timur Gaynulin yordam berishadi. Zaxira hakami vazifasini esa Rahimbek Karimov bajaradi. Uchrashuv nazoratchisi Bobur Haydarov bo'lsa, Jahongir Rahmatullaev komissar etib tayinlangan. Agishev hozirgacha Superkubok o'yinlarida hakamlik qilmagan. Demak, birgalikda ko'ramiz va kuzatamiz

Abdulaziz Iskandarov 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика