O'zbekiston Superkubogi-2019 o'yini oldidan koncert tashkillashtiriladi, stadionga kirish bepul
18 fev 2019 19:30
Yangiliklar


O'zbekiston Superkubogi-2019 o'yini oldidan koncert tashkillashtiriladi, stadionga kirish bepul
Bilasiz, yangi mavsumni O'zbekiston Superkubogi uchun o'tkaziladigan o'yin ochib beradi. Superkubok uchrashuvida mamlakatimizning amaldagi chempioni – “Lokomotiv” hamda 2018 yilgi O'zbekiston kubogi sohibi – AGMK jamoalari sovrin uchun kurash olib borishadi.
O'zbekiston Superkubogi-2019 o'yini 23 fevral kuni bo'lib o'tadi. Bellashuv poytaxtdagi “Paxtakor” stadionida o'tadi. O'yin 16:00 da start oladi va “Sport” telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etiladi.
Uchrashuvdan bir kun avval har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani ham tashkil etiladi. SHuningdek, o'yin boshlanishidan oldin va tanaffus vaqtida yurtimizning el suygan sanatkorlari ishtirokida koncert dasturi va turli tadbirlar tashkil etilishi ko'zda tutilgan.
Jumladan, estradamiz yorqin yulduzlari – SHahzoda, Lola va boshqa mashxur xonandalar ishtirokidagi o'yinoldi koncert soat 14:30dan boshlab stadionga tashrif buyuruvchi muxlislar etiboriga havola etiladi.
Yana bir quvonarli jihat shundaki, ishqibozlar shu kuni Superkubok o'yiniga bepul tarzda kirish imkoniyatiga ega bo'lishadi. O'yin uchun chiqariladigan chiptalar taklifnoma tarzida “Paxtakor” stadioni kassalarida muxlislarga bepul tarzda taqdim etiladi.
Takidlab o'tamiz, O'zbekiston Superkubogi-2019 uchrashuvi Turkiyaning KOC Elektrik AS kompaniyasi bosh homiyligi ostida kechadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar