O'zbekiston Superkubogi-2019. O'yin "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi
05 fev 2019 16:59
Yangiliklar
O'zbekiston Superkubogi-2019. O'yin "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi
Bilasiz, Superkubok uchrashuvida mamlakatimizning amaldagi chempioni – “Lokomotiv” hamda 2018 yilgi O'zbekiston kubogi sohibi – AGMK jamoalari sovrin uchun kurash olib borishadi.
Oldinroq xabar berilganidek, O'zbekiston Superkubogi-2019 o'yini 23 fevral kuni bo'lib o'tadi. Mazkur bahs poytaxtimizdagi “Paxtakor” stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Sport telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etiladi va uchrashuv soat 15:00da start oladi.
Uchrashuvdan bir kun avval har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani ham tashkil etiladi. SHuningdek, o'yin boshlanishidan oldin va tanaffus vaqtida yurtimizning el suygan sanatkorlari ishtirokida koncert dasturi va turli tadbirlar tashkil etiladi.
Qolaversa, mazkur o'yinni yuqori saviyada tashkil etish borasida Respublika mahallalar kengashi tomonidan ham bir qator akciyalar o'tkazilishi mo'ljallangan. SHuningdek, imkoniyati cheklangan bolalarga o'yin oldidan turli sovg'a-salomlar ham taqdim etiladi. SHu kuni stadionga tashrif buyuradigan ishqibozlarni yana boshqa syurprizlar ham kutadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar