So’nggi yangiliklar

18:35"Ал Иттиҳод" 38 ёшли Бенземага 2028 йилгача мўлжалланган шартнома таклиф қилди  0 18:06"Портсмут" — "Арсенал". Таркиблар маълум  0 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  0 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  2 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  35 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  2 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  1 14:10Каору Митома - "Манчестер Юнайтед"нинг трансфер мақсади  1 13:42Ван де Вен "Ливерпул"га ўтишга рози бўлди  3 13:18Суперлига-2026. Мавсумни ким қаерда бошлайди?  4 12:49Бугунги ўйинлар: “Интер” — “Наполи”, “Бавария” уйда, “Милан” сафарда ва бошқалар  1 12:45"Арсенал" Барколя учун курашга қўшилди  1 11:34Абрахам АПЛга қайтиши мумкин  5 10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  6

O'zbekiston Superkubogi-2019 g'olibini aniqlash tartibi xususida Yangiliklar

O'zbekiston Superkubogi-2019 g'olibini aniqlash tartibi xususida

Yurtimizda yangi futbol mavsumini O'zbekiston Superkubogi uchun o'tkaziladigan uchrashuv ochib beradi.

Mamlakat Superkubogi uchun kechadigan uchrashuvda O'zbekistonning amaldagi chempioni – “Lokomotiv” hamda 2018 yilgi O'zbekiston kubogi sohibi – AGMK jamoalari g'olib chiqish uchun bahs yuritishadi.

Xabar berganimizdek, O'zbekiston Superkubogi-2019 o'yini 23 fevral kuni bo'lib o'tadi. Mazkur bahs poytaxtimizdagi “Paxtakor” stadionida o'tadi va soat 15:00da start oladi.

O'zbekiston Superkubogini o'tkazish bo'yicha nizom tasdiqlandi. Unga ko'ra, g'olib uchrashuv asosiy vaqtida qayd etiladigan natijaga asosan aniqlanadi. Agar uchrashuv asosiy vaqti durang natija bilan tugasa, har biri 15 daqiqadan iborat 2 ta qo'shimcha bo'limlar o'tkaziladi. Mabodo qo'shimcha vaqtda ham g'olib nomi aniqlanmasa, penaltilar seriyasiga murojaat etiladi.

Qayd etish joiz, Superkubok uchrashuvi vaqtida olinadigan sariq va qizil kartochkalar O'zbekiston Superligasi uchrashuvlarida ham amal qiladi.

Qayd etish joiz, O'zbekiston Superkubogi uchun uchrashuvlar shu paytga qadar 4 marta o'tkazilgan.
 
1999 yil. Navbahor (Namangan) 4:2 Paxtakor (Toshkent)

2014 yil. Bunyodkor (Toshkent) 2:1 Lokomotiv (Toshkent)

2015 yil. Lokomotiv (Toshkent) 4:0 Paxtakor (Toshkent)

2016 yil. Nasaf (Qarshi) 1:0 Paxtakor (Toshkent)

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика