O'zbekiston – Singapur o'yinini "Sport TV" va "UzReport"da kimlar sharhlaydi?
07 iyu 2021 15:35
Yangiliklar
O'zbekiston – Singapur o'yinini "Sport TV" va "UzReport"da kimlar sharhlaydi?
Bizga malum bo'lishicha, "Sport" telekanalida namoyish etiladigan ushbu bahsni o'zbekchada Abdulla No'rmonov-Dilshodbek To'xtabekov tandemi sharhlasa, ruscha talqinda Otabek Jo'raev sharhlab boradi. SHuningdek, uchrashuvni "UzReport" orqali ham tomosha qilishingiz mumkin. Unda Davron Fayziev bevosita voqea joyidan ishlashi kutilmoqda.
7 iyun, JCH-2022 saralash bosqichi
"King Fahd International stadium", Ar Riyod, Saudiya Arabistoni,
O'zbekiston - Singapur
Boshlanish vaqti: 23:00.
Bosh hakam: Ali Abdulnabi Alsamahiji (Bahrayn)
Yon hakamlar: Navof SHahin Musa (Bahrayn), Fadi Mahmud (Suriya)
Zaxira hakami: Muhammad Abdulla (BAA)
Hakamlar nazoratchisi: Umar Musa Abu Lum (Iordaniya)
Uchrashuv komissari: Asep Saputra (Indoneziya)
Darhaqiqat, 23:00 da boshlanadigan bellashuv saytimiz orqali ham matnli translyaciya qilinadi. Bizni kuzatishda davom eting. Olg'a, O'zbekiston!
Fikrlar