O'zbekiston - Saudiya Arabistoni. Jamoalarning dastlabki ikki turdagi statistikasi

Narzulla Saydullayev
16 yanv 2015, 10:10
Xabaringiz bor, 18 yanvar kuni O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi 3-turida Saudiya Arabistoniga qarshi o'ynaydi.
Ikkala jamoa hisobida hozircha uch ochkodan bor. Guruhdan chiqish uchun beriladigan ikkinchi yo'llanma uchun kurashayotgan jamoalarning dastlabki ikki turda qayd etgan ko'rsatkichlarni taqqoslab ko'rdik.

Ikkala jamoa ikkitadan gol o'tkazgan, 8 martadan aniq zarba bergan, 9 martadan aniq kross (to'pni havodan uzatish) amalga oshirgan va umuman qizil kartochka olmagan.

Quyida to'liq statistika bilan tanishing:


O'zbekiston Ko'rsatkichlarSaudiya Arabistoni
2 O'yin 2
2 Urilgan gol 4
2 O'tkazilgan gol 2
1 Quruq o'yin 0
8 Aniq zarbalar 8
12 Noaniq zarbalar 10
868 Aniq to'p uzatish 892
161 Noaniq to'p uzatish 156
9 Aniq krosslar 9
30 Noaniq krosslar 25
11 Amalga oshgan dribling 27
5 Amalga oshmagan dribling 31
18 Qoida buzgan 30
33 Raqib qoida buzgan 23
2 Sariq kartochka 3
0 Qizil kartochka 0
 
Narzulla Saydullaev

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia