So’nggi yangiliklar

10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  0 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  2 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  4 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  18 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  45 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  52

O'zbekiston - Saudiya Arabistoni: Prevyu Yangiliklar

O'zbekiston - Saudiya Arabistoni: Prevyu

Bugun, Avstraliyaning Melburn shahrida Osiyo Kubogi B guruhi 3-tur o'yinida O'zbekiston hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalari o'zaro maydonga tushishadi.
Malumot o'rnida, bugun bo'lib o'tadigan bahs ikkala terma jamoa uchun hisob bo'yicha o'zaro 10-o'yin bo'ladi. Bungacha terma jamoalar o'zaro 9 marotaba o'zaro kuch sinashgan va unga ko'ra ustunlik Saudiya Arabistoni terma jamoasi tarafida. O'tkazilgan 9ta o'yinning 5tasida Saudiya Arabistoni terma jamoasi g'alaba qozongan bo'lsa, 3 marotaba O'zbekiston Saudiya Arabistoni ustidan g'alabaga qozongan. Yana bir uchrashuvda esa durang qayd etilgan. To'plar nisbati Saudiya Arabistoni foydasiga - 20:10.



O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi bahslarida Saudiya Arabistoni bilan o'zaro uch marotaba bahs olib borgan va ularning ikkitasida Saudiya Arabistoni g'alaba qozongan bo'lsa, bir uchrashuvda O'zbekiston g'alaba qozongan.

O'zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalarining Osiyo Kubogi bahslaridagi o'zaro o'yinlari:

Osiyo Kubogi-2000.
Guruh bosqichi.
Saudiya Arabistoni - O'zbekiston 5:0.

Osiyo Kubogi-2004.
Guruh bosqichi.
Saudiya Arabistoni - O'zbekiston 0:1.

Osiyo Kubogi-2007
CHorak final
Saudiya Arabistoni - O'zbekiston 2:1.



Osiyo Kubogi bahslaridagi ishtiroklari borasida esa Saudiya Arabistoni terma jamoasi ancha yaxshi ko'rsatgichga ega. Saudiya Arabistoni terma jamoasi 1984 yilgi musobaqadan beri muntazam ravishda Osiyo Kubogi bahslarida ishtirok etib keladi va Avstraliyadagi musobaqa saudiyaliklar uchun hisob bo'yicha ketma-ket 10-musobaqa hisoblanadi.  Saudiya Arabistoni terma jamoasi shuningdek, Osiyo Kuboklaridagi ishtiroki borasida Osiyoning eng yaxshi jamoalaridan biri hisoblanadi. SHu paytgacha Saudiya Arabistoni terma jamoasi uch marotada Osiyo Kubogida g'alaba qozongan.

O'zbekiston terma jamoasi 2011 yili Qatarda o'tkazilgan musobaqada to'rtinchi o'rinni egallab musobaqa tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etgan.

O'zbekiston terma jamoa uchun mazkur musobaqa hisob bo'yicha oltinchisi sanaladi. O'zbekiston terma jamoasi 2011 yili Qatarda o'tkazilgan musobaqada to'rtinchi o'rinni egallab musobaqa tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etgan.

Osiyo Kubogi-2015. B guruhi, 3-tur.
18 yanvar. Melburn. Toshkent vaqti bilan soat 14:00.
O'zbekiston - Saudiya Arabistoni
Bosh hakam: Benjamin Uilyams (Avstraliya)
Qanot hakamlari: Metyu Krim (Avstraliya),Pol Setrangolo (Avstraliya)
Zaxira hakami: Umar Ali Al Junaybiy (BAA)
Nazoratchi: Xani Ballan (Qatar)

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика