So’nggi yangiliklar

00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 00:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  14

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi hamda O'FFning qo'shma qarori Yangiliklar

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi hamda O'FFning qo'shma qarori

Teglar :  O'FFFutbolQaror
O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi hamda O'zbekiston Futbol Federaciyasining “Bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirish to'g'risida” qo'shma qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror matni quyida keltirilgan.

Respublikamizda bolalar va o'smirlar futbolini yanada rivojlantirish, futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, akademiyalari va Olimpiya zaxiralari kollejlarining futbol bo'limlarida (keyingi o'rinlarda futbolga ixtisoslashtirilgan talim muassasalar) tarbiyaviy va o'quv mashg'ulotlarining sifatini yaxshilash, yosh futbolchilarning mahoratini yanada oshirish, professional hamda terma jamoalarga zaxira va iqtidorli futbolchilarni tayyorlash va ular orasida saralashda xolislik va shaffoflikni taminlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi hamda O'zbekiston Futbol Federaciyasi qaror qiladi:


1.   Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi tasarrufiyligidan qatiy nazar barcha futbol bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, Futbol klublari qoshidagi akademiyalar va Olimpiya zaxiralari kollejlari hamda barcha sport maktablari faoliyatini o'rganish bo'yicha Ishchi guruhi tasdiqlansin.

2.   Ishchi guruhga:
Bir oy muddatda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi futbol maktablari faoliyatini o'rganish natijalari asosida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi O'zbekiston Futbol Federaciyasi bilan birgalikda bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirish bo'yicha 2018–2023 yillarga mo'ljallangan Dastur ishlab chiqsin va tasdiqlashga o'rnatilgan tartibda kiritish vasifasi yuklatilsin.

3.   Dasturning bajarilish holatini har chorak yakuni bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi hamda O'zbekiston Futbol Federaciyasining qo'shma yig'ilishlarida dastur bo'limlariga masul rahbarlarning hisobotlari muhokama qilib borilsin va tegishli choralar ko'rilsin.

4.   Futbolga ixtisoslashtirilgan talim muassasalariga iqtidorli yosh futbolchilarni tanlab olish sifatini, holisligini hamda shaffofligini taminlash maqsadida qabul jarayonida o'tkaziladigan imtihon, sinov komissiyasi tarkibiga O'zbekiston Futbol Federaciyasi tomonidan tavsiya etilgan mutaxassislarning kiritilishi taminlansin.

5.   Futbolga ixtisoslashtirilgan talim muassasalariga rahbar-kadrlar va murabbiylarni tayinlash hamda vazifasidan ozod etish komissiyasi tarkibiga O'zbekiston Futbol Federaciyasi masul xodimi kiritilishi belgilab qo'yilsin.

6.   Respublikada quriladigan futbol sport inshootlarini loyihalashtirish, qurilish obektlarini topshirish jarayonlarida O'zbekiston Futbol Federaciyasi mutaxassislarining ishtiroki taminlansin.

7.   O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasining Fan, sportni metodik taminlash va talim muassasalari boshqarmasi hamda O'zbekiston Futbol Federaciyasining Bolalar, o'smirlar va ommaviy futbol boshqarmasi birgalikda futbolga ixtisoslashtirilgan talim muassasalarida shug'ullanuvchilarga tegishli bo'lgan malumot va ko'rsatkichlari to'plangan yagona elektron bazasini yaratsinlar.

8.   O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasining Sport turlari bo'yicha milliy terma jamoalarini shakllantirish va tayyorlash boshqarmasi o'smir va yosh futbolchilar o'rtasida Respublika birinchiligi musobaqalarini yillik taqvim rejasiga kiritilishini taminlasin.

9.   O'zbekiston davlat va Jismoniy tarbiya instituti futbolga ixtisoslashtirilgan talim muassasalariga zarur bo'lgan o'quv-metodik ko'llanmalar va tavsiyalarni ishlab chiqsin.

10.   Qoraqalpog'iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda hududiy futbol federaciyalari Ishchi guruhning o'rganish bilan bog'liq jarayonida barcha shart-sharoitlarni yaratsin.

11.   Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi o'rinbosari F.Turdiev va O'zbekiston Futbol Federaciyasi vice-prezidenti SH.Isroilov zimmasiga yuklatilsin.

Mazkur qaror O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbonov hamda O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan imzolandi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика