So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  1 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  9 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  7 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  11 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  13

O'zbekiston – Qirg'iziston uchrashuvini germaniyalik hakamlar boshqaradi Yangiliklar

O'zbekiston – Qirg'iziston uchrashuvini germaniyalik hakamlar boshqaradi

O'zbekiston futbol Associaciyasi jahon futbolida o'z o'rniga ega Germaniya futbol ittifoqi bilan yaqindan hamkorlikni yo'lga qo'yishni rejalashtiryapti.

Bilasiz, Germaniya dunyodagi futboli eng rivojlangan mamlakatlar sirasiga kiradi. Germaniya futboli o'z natijalari bilan har jabhada eng oldi o'rinlarni egallaydi.

Futbol infratuzilmalarini yaxshilash, bolalar futboli va yosh futbolchilarni tarbiyalash tizimini yo'lga qo'yish, futbol sohasida faoliyat olib boruvchi mutaxassislar malakasini oshirish, hakamlik va boshqa bir qator yo'nalishlarda Germaniya tajribasi o'rganiladi va ikki tashkilot bu borada yaqindan ish olib boradi.

O'zaro hamkorlikning ilk debochasi sifatida 9 noyabr kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston – Qirg'iziston o'rtoqlik uchrashuvini boshqarib borish uchun germaniyalik hakamlar guruhi taklif etildi. O'yin bosh hakami xalqaro maydonda bir qator uchrashuvlarni boshqarishga ulgurgan, Rossiya yashil maydonlarida o'tgan JCH-2018da VAR tizimi bo'yicha faoliyat olib borgan FIFA referisi – Bastian Dankert. Unga qanotlarda hamyurtlari Yan Zaydel va Rene Rode yordam berishadi. To'rtinchi hakam vazifasini o'zbekistonlik Ilgiz Tantashev bajaradi.

Qayd etish joiz, O'FA va GFI o'rtasida yo'lga qo'yilayotgan hamkorlik doirasida o'zbekistonlik futbol mutaxassislarining Germaniyada malaka oshirishi, Germaniya futboli tajribasini o'rganishi ham ko'zda tutilgan.

O'rtoqlik uchrashuvi
9 noyabr (shanba)
O'ZBEKISTON – QIRG'IZISTON
"Paxtakor"
stadioni | 17:00
Bosh hakam: Bastian Dankert (Germaniya).
Yordamchi hakamlar: Yan Zaydel (Germaniya), Rene Rode (Germaniya).
Zaxira hakami: Ilgiz Tantashev (O'zbekiston).

Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика