So’nggi yangiliklar

07:40Криштиану Роналду: "Бу аллақачон ўтмиш"  0 04:34"Манчестер Сити" — "Ал Ҳилол". Таркиблар маълум  19 02:00КЖЧ. "Интер" Бразилия жамоасига мағлуб бўлди ва турнирни тарк этди  18 01:11Миржалол Қосимов: "Тўрт ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз. Футболчиларга ортиқча босим қилиб юбордим, деган хаёл келди"  8 01:00Суперлига. Плетнёвнинг заргарона узатмасидан сўнг урилган гол "Сурхон"га ОКМК устидан ғалаба тақдим этди  1 00:56Февзи Давлетов: "Бизга бу ғалаба жуда керак эди"  3 00:25РПЛ-2025/26да фақат сардорларга ҳакамлар билан мулоқот қилишга рухсат берилиши мумкин. Бошқалар жазоланади  0 23:23"Астон Вилла" Рэшфорд, Асенсио ва Дисасиларнинг кетганини эълон қилди  1 22:54"Ювентус" тезроқ Влаховичдан қутилмоқчи, Душан эса йиллик маоши 20 млн. евро бўлган таклифни рад этди  1 22:15МЮ нархи 60 млн. фунт бўлган ҳужумчини сотиб олиши мумкин  1 22:00Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Сурхон"га енгилди  67 20:33"Реал" сардори жароҳатидан қутилди ва майдонга қайтишга тайёр  2 19:50"Реал" трансфер мақсадларининг биридан воз кечди  3 19:21"Ювентус" юлдуз ҳужумчиси учун бор-йўғи 20 млн сўрамоқда  5 18:44"Реал" Клублар ўртасидаги ЖЧдан кейин яна бир ҳимоячи билан шартнома имзолайди  5

O'zbekiston - Qatar uchrashuvi Azamat Abduraimov talqinida Yangiliklar

O'zbekiston - Qatar uchrashuvi Azamat Abduraimov talqinida

O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Azamat Abduraimov O'zbekiston va Qatar o'rtasidagi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

O'yindan ko'ra natija muhimroq...

SHunday o'yinlar bo'ladiki unda natija asosiy faktorga aylanadi. G'alaba "suv va havo" kabi zarur bo'ladi. Bunday o'yinlar asosan muhim musobaqalar yoki saralash bosqichining so'nggi turlarida kuzatiladi. SHunday vaziyat Qatarga qarshi o'yindan oldin kuzatildi. Suriyaga qarshi omadsiz o'yindan so'ng yana bitta mag'lubiyat bizni Rossiyadagi mundial yo'llanmasidan deyarli mosuvo qilardi.

Millionlab muxlislarimiz terma jamoaning Malayziyadagi o'yinini keskin tanqid qilishdi. Buni murabbiylar shtabi, futbolchilar ham juda yaxshi tushunib turishgandi. Biz faqat g'alaba qozonishimiz kerak edi! Jamoa bu vazifani bajardi! Yakunlangan bahs uchun eng asosiy xulosa mana shu.
 
Albatta, avvalo O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov nomiga bir qancha maqtovlar aytmoqchiman. U haqiqiy sardor bo'ldi, maydonda etakchi bo'ldi, uning jarimadan urgan goli bizga g'alaba taqdim etdi! Ahmedovning yonida Aziz Haydarov ham yaxshi o'ynadi, Server Jeparov, Sardor Rashidov va Eldor SHomurodov ham faol bo'lishdi. Ha, umuman olganda barcha futbolchilar maydonga yaxshi kayfiyatda chiqishdi va g'alabaga erishishdi!

Texnik-taktik harakatlarda biz raqibga umuman yutqazmadik. O'z uyimizda o'ynayotganimiz uchun shunday bo'lishi ham kerak. Raqib guruhdagi eng kuchsiz jamoa edi. Ularni yutmasak kimni yutamiz?!

Bu safar ham maydondagi joylashuvimiz odatdagidek bo'ldi: 4-2-3-1. Markaziy hujumda Sergeev o'ynadi. Tarkibga SHomurodov va Rashidov qaytdi, chap qanot himoyasida Merzlyakov paydo bo'ldi. Samvel Babayan ko'p bor sinovdan o'tkazgan taktikada butun saralash bosqichini o'tkazayapmiz. Bunda ham yaxshi tomonlari bor, futbolchilar nima talab qilinayotganini juda yaxshi bilishadi. Ammo boshqa tomondan raqib o'yinimizni o'rganib oladi. Suriya va Qatar bizni o'rganib himoyada mustahkam o'ynashdi. Bizda hujumni yakunlash oqsamoqda. Bir necha marta aytgandim, ikki hujumchi bilan o'ynashni ham sinab ko'rish kerak.

Himoyamizdagi asabiylik menga yoqmadi. Eng asosiysi Lobanov. Maydonda o'zini bunday tutmaydilar! O'ylashimcha, hakam unga ikkinchi sariq kartochka berishi ham mumkin edi. Darvozabondan ishonch chiqishi kerak, raqibga qo'l yoki oyoq bilan...

Ikkinchi bo'limda raqib hujumchilari ko'p bor himoyachilarimizni osonlik bilan aldashdi. Uchrashuv so'nggida esa barcha asabiylashdi. Bosh hakam bitta vaziyatda penalti ham belgilashi mumkin edi, bitta vaziyatda Krimec o'z darvozamizga gol urib qo'yishi mumkin edi. Darvoza to'sini va omad bizni goldan qutqardi.
SHu kuni hakamlik biz uchun ideal bo'ldi.

Goldan so'ng hisobni ushlab qolish uchun o'ynaganimiz yoqmadi. Ikkinchi o'yinda ham ikkinchi bo'limda himoyaga "yotib oldik". Suriya ham, Qatar ham jismonan yaxshi ko'rinishdi. Hujumdagi o'zgarishlar bizga foyda keltirmadi. Nima uchun Rashidovni almashtirilganiga tushunmadim, aynan u hujumda keskinlikni ushlab turgandi. Bu safar ham Sasha Geynrixni maydonga tushirish foydali bo'lardi deb o'ylayman. Uning nostandart harakatlari bizga qo'l kelishi mumkin edi.

Albatta, o'yindan keyin gapirish oson. SHu bois murabbiy sifatida men O'zbekiston terma jamoasi murabbiylari oldida turgan barcha qiyinchiliklarni tushunib turardim. SHu bois yana bir bor takrorlayman, g'alaba eng muhimi edi. Termamiz buni uddalay oldi! Futbolda shunday ibora bor: O'yin unutiladi, ochkolar qoladi...

Yakunda jadval haqida...
Oldinda bizni Eronga safar kutmoqda. Agar mezbonlar g'alaba qozonishsa muddatdan avval JCH yo'llanmasiga ega bo'lishadi. Tehronda bizni qanday muhit kutayotganini va muxlislar Eronni qanday qo'llab quvvatlashini tasavvur qilayapman!
 
O'ylashimcha bu o'yin termamiz uchun eng muhim uchrashuvi bo'ladi. Mag'lub bo'lsak to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmadan deyarli mosuvo bo'lamiz. Aynan shu bahs futbolchilar va murabbiylar uchun haqiqiy sinov bo'ladi. Eronga yutqazishimiz mumkin emas. Yigitlarimiz bunga qodirlar. Axir Mirjalol Qosimov boshchiligida O'zbekiston terma jamoasi Eronni Tehronda yutganku. Nima uchun Babayan jamoasi buni uddalamasligi kerak?!
Reyting: -31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика