So’nggi yangiliklar

23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионатларининг амалдаги ғолиблари Анталияда баҳс ўтказишади  0 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  3 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  2 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2

90+7-daqiqada urilgan gol Keniyani mag'lub etdi Yangiliklar

90+7-daqiqada urilgan gol Keniyani mag'lub etdi

O'zbekiston va Keniya olimpiya terma jamoalari o'rtasidagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasi va eng asosiy vaziyatlarini kuzatib borish mumkin.


YANGILASH

O'yinning 4-daqiqasida Bobur Abduxoliqovning kuchli zarbasi golga aylanmadi. 22-daqiqada Zabihillo O'rinboev raqib posbonining xatosidan so'ng uzoq masofadan darvozaga zarba berdi, birozgina noaniq chiqdi zarba.

24-daqiqada Keniya OTJ darvozamizga gol kiritdi, ammo undan avval mehmonlar tomonidan o'yin qoidasi buzilgani uchun hakam golni inobatga olmadi. 33-daqiqada O'zbekiston OTJning tezkor hujumidan keyin Turg'unboev darvozaga zarba yo'lladi, ammo himoyachilar to'p yo'liga to'g'anoq bo'lishdi.

38-daqiqada Abduxoliqovning kuchli zarbasi darvoza yonginasidan o'tib ketdi. 45+2-daqiqada Abdujamol Isroilovning kuchli zarbasidan so'ng to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi.

Ikkinchi taym boshlandi. 62-daqiqada Azizbek Turg'unboevning kuchli va aniq zarbasini darvozabon qaytarib yubordi! 78-daqiqada Andrey Sidorov ikki marta qulay imkoniyatga ega bo'ldi, ammo zarbalar aniq bo'ldi. 88-daqiqada Oston Urunovda gol kiritish uchun qulay vaziyat yuzaga kelgandi. Ammo u to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi. 90+7-daqiqada jarima maydoniga uzatib berilgan to'pni Doston Tursunov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:0.



O'zbekiston OTJ - Keniya OTJ - 1:0
26 mart 2018 yil. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 17139 tomoshabin
Hakamlar: 
Timur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, SHohruh Azamov
Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov
Gol: Doston Tursunov 90+7, - 1:0.
O'zbekiston:
21.Rahimjon Davronov (1.Umid Ergashev, 63), 2. Islom Qobilov, 3. Xojiakbar Alijonov, 5. Abbos Otaxonov (14.SHarof Muhitdinov, 68), 6. Azizjon G'aniev, 20. Doston Tursunov, 13. Aziz Turg'unboev (16.Suhrob Nurulloev, 68), 23.Nurillo To'xtasinov (7.Oston O'runov, 63), 17.Abdujamol Isroilov, 9. Zabihillo O'rinboev (22.Islom Kenjaboev, 46), 10.Bobir Abdixoliqov (11.Andrey Sidorov, 68).
Zaxira: 12. Dilshod Hamroev, 15. Oybek Rustamov, 4.Avaz Mamatxo'jaev, 8.Aziz Omonov, 18.Husniddin G'ofurov, 19.Muhammadanas Hasanov, .

Keniya: 18.Ojvang Timoti Odxiambo, 14.Mayk Evans Kibvage, 12.Omvenga Timti Balton, 3.Okumu Yozef Stenli, 2.Amai Atariza, 8.Yida Sven, 19.Ibrohim SHambi Ramazoni, 16.Odnenyi Jafari Ovitti, 7.Kasuti Kliff Koroboi (13.Siraji Muhammad, 89), 15.Oginga Berard Ochieng, 9.Mutamba Pistone Vunyoli (17.Odxiambo Onyango Krispinus, 89),
Zaxira: 1.Ochieng Job Ochieng, 6.Osok Teddi, 20.Ogachi Jeyms, 4.Abdala Ahmad, 23.Okot Daniel, 11.Kipkirui Nikolas, 10.Juma Anri, 21.Kimechva Brayn, 5.Ambulu Devid Ovino.

Ogohlantirishlar: Ojvang Timoti Odxiambo 32, Abdujamol Isroilov 66


Reyting: -113   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика