O'zbekiston OTJ a'zolari Ispaniyadagi "Thalasiya" mehmonxonasiga joylashishdi

Narzulla Saydullayev
15 fev 2019, 11:59
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi a'zolari kecha erta tongda Toshkent - Istanbul - Valensiya yo'nalishi bo'ylab uchib, Ispaniyaga yetib borishgani haqida xabar berib o'tgandik.

Vakillarimiz avtobusda Valensiya shahridan San-Pedro-del-Pinatar shahriga yo'l olishdi hamda manzilga yetib borib, "Thalasia" mehmonxonasiga joylashishdi. Lyubinko Drulovich shogirdlari kecha bu yerda dastlabki mashg'ulotni o'tkazishadi. Ispaniyadagi yig'in davomida bir qator nazorat o'yinlari o'tkazish rejalashtirilgan.
 
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning mart oyida kelasi yil Tailandda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati saralashida qatnashadi. Saralash bahslari Toshkentda o'tkazilib, terma jamoamiz a'zolari Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun Tojikiston, Hindiston va Pokiston terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz