

Mazkur uchrashuvlar shu yilning 19 va 21 avgust kunlari Qatarda bo'lib o'tadi. Bo'lajak o'yinlarga qaysi futbolchilar yo'l olishi keyinroq ma'lum qilinadi.
Qatar U-16 termasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlari O'zbekiston o'smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tadi.



