O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi “Syrenka Cup 2022” musobaqasida ishtirok etadi
09 sen 2022 19:40
Yangiliklar


O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi “Syrenka Cup 2022” musobaqasida ishtirok etadi
O'smirlar terma jamoamiz uchun yana bir xalqaro turnir.
Jamoliddin Rahmatullaev boshchiligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi 22-28-sentyabr kunlari Polshada bo'lib o'tadigan “Syrenka Cup 2022” xalqaro turnirida ishtirok etadi.
Turnir g'olibligi uchun 8 ta terma jamoa kurash olib boradi:
O'zbekiston U-16
Portugaliya U-16
Meksika U-16
Polsha U-16
Norvegiya U-16
Ruminiya U-16
Angliya U-16
CHexiya U-16
O'zbekiston U-16 terma jamoasi turnirdagi ishtirokini Polshaga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.
23-sentyabr
Polsha — O'zbekiston
Malumot o'rnida, ushbu turnir O'zbekiston uchun ikkinchi ishtirok hisoblanadi. Bundan avval tarkibida Ibrohimhalil Yo'ldoshev va Jasur Jaloliddinov bo'lgan U-16 terma jamoamiz 2017 yilda “Syrenka Cup” xalqaro turnirida xorijlik tengdoshlari bilan bahs olib borishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar