So’nggi yangiliklar

12:22Исломбек Исмоилов: "Нефтчи"га вилоят ҳокимининг таклифи билан келдим"  0 12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  0 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  0 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  3 10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  8 10:20“Рома“ ҳужумчисига Россиядан таклиф бор  0 09:51“Ньюкасл“ Жанубий Корея терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузмоқчи  0 09:22“Бавария“га “Ливерпул“нинг икки нафар футболчиси керак  1 08:52Пролига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  1 08:24Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  9 07:54“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор  8 07:25Жоэль Кожо фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  9 01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  1 01:18"Атлетико" ёзги трансферлар учун жуда катта маблағ ишлатади  3 00:55Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди, "Динамо" эса сафарда ўн киши бўлиб зафар қучди  3

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi sirdaryolik tengqurlariga imkoniyatni boy berdi Yangiliklar

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi sirdaryolik tengqurlariga imkoniyatni boy berdi

Xabaringiz bor, O'zbekiston futbol associaciyasi qoshida o'z faoliyatini boshlagan U-14 O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga o'zbek futbolining yaqin o'tmishdagi yulduzlaridan biri Server Jeparov boshqarmoqda.

Ayni paytda S.Jeparov jamoa tarkibini shakllantirish, yangi nomzodlarni saralab olish maqsadida bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazmoqda. Yaqinda U-14 O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi poytaxtimizdagi “CHig'atoy” stadionida shu yoshdagi Sirdaryo viloyati o'smirlar terma jamoasi bilan kuch sinashdi. Keskin va murosasiz kechgan bahsda mehmonlarning qo'li baland keldi, 1:2. Sirdaryo viloyati o'smirlar terma jamoasi negizini asosan Mirzaobod tumani bolalar-o'smirlar sport maktabi yosh futbolchilari tashkil etadi. Jamoaga umidli futbol murabbiylaridan biri Jahongir Norqulov ustozlik qilyapti.  Sport maktabida 60 nafardan ziyod yosh futbolchilar millionlar o'yinining  o'ziga xos sir-asrorlarini o'rganishyapti. U-14 o'smirlarimiz ustozi Server Jeparov sirdaryoliklarning olti nafar azosini o'z termasining navbatdagi yig'inlariga jalb etishni takidlab o'tgan.

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика