So’nggi yangiliklar

08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  5 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  32 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi birinchi o'yinda Belarusga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi birinchi o'yinda Belarusga mag'lub bo'ldi

SHu yilning 15 sentyabr - 2 oktyabr sanalari davomida Hindistonda bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U-16 terma jamoasi ayni vaqtda Minsk shahrida navbatdagi yig'inini o'tkazmoqda.
Ushbu yig'in doirasida Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi Belarus o'smirlariga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazish borasida kelishuvga erishgandi. 25 iyun kuni O'zbekiston hamda Belarus o'smirlar terma jamoalari o'rtasidagi dastlabki o'yin bo'lib o'tdi. Unda Olimxo'jaev shogirdlari 1-2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

O'zbekiston o'smirlari kiritgan yagona gol muallifi - Oston O'runov bo'ldi.

27 iyun kuni ushbu jamoalar o'rtasidagi ikkinchi nazorat uchrashuvi bo'lib o'tadi. Minskda bo'ladigan uchrashuv mahalliy vaqt bilan 18:00da boshlanishi belgilangan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatiga final bosqichiga tashlangan qura natijasiga ko'ra KXDR, Tailand hamda Yaman jamoalari bilan bir guruhdan o'rin olgan.

Olimxo'jaev shogirdlari turnirni 17 sentyabr kuni Tailandga qarshi o'yin bilan boshlaydi. 20 sentyabrda Yaman va 23 sentyabr kuni esa KXDRga qarshi maydonga tushadi.

O'rtoqlik uchrashuvi.

25.06.2016, Minsk.

Belarus U-16 - O'zbekiston U-16 2:1

O'zbekiston goli
: Oston O'runov

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi tarkibi: X. Jo'raev, I. Karimov, I. Xoldorov, A. Mo'ydinov, M. Abdullaev, O. O'runov, B. Soatov, SH. Nematov, A. Sobirjonov, R. Yo'ldoshev, D. Abdumo'minov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика