So’nggi yangiliklar

00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  1 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  0 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  1 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  24 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7

O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Osiyo o'yinlariga tayyorgarligi davom etmoqda Yangiliklar

O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Osiyo o'yinlariga tayyorgarligi davom etmoqda

Teglar :  O'zbekiston OTJ
2018 yilning 18 avgustidan 2 sentyabrga qadar Indoneziyada Yozgi Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish uchun olimpiya terma jamoasi 17 iyundan 29 iyunga qadar Turkiyada o'quv-mashg'ulot yig'inlarida qatnashganidan futbol ixlosmandlarining xabarlari bor.

Ushbu yig'inni tashkil qilishdan asosiy maqsad terma jamoaga jalb qilinishi mumkin bo'lgan nomzod futbolchilarning o'yinga funkcional tayyorarligini aniqlash jismoniy holatlarini nazoratdan o'tkazish, futbolchilarning hujum va himoyada bir-birini tushunishlari uchun amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish, jamoaning texnik-taktik harakati hamda pressingdagi kurashuvchanligini sayqallashdan iborat edi.

Turkiyaning Kartepa shahrida bo'lib o'tgan yig'inga “Pepsi” superligasi hamda Pro-ligada ishtirok etayotgan 9 ta klubdan futbolchilar jalb qilindi. Yig'in davomida futbolchilarning nafaqat jismoniy holatlari balki to'g'ri ovqatlanish tartib-qoidalariga qay darajada etibor qaratayotganliklari ham nazoratga olindi.

Yig'in davomida bir qator nazorat o'yilari tashkil qilinib, jumladan Ummon U-23 terma jamoasiga qarshi o'yinda futbolchilarimiz 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Yig'in so'ngida murabbiylar shtabi tomonidan har bir futbolchining jismoniy va ruhiy tayyorgarligini oshirish uchun individual mashg'ulotlar rejasi ishlab chiqildi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика