So’nggi yangiliklar

11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  0 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  6 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  0 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  6 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  15 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0

O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Osiyo chempionatiga boradigan tarkibi malum Yangiliklar

O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Osiyo chempionatiga boradigan tarkibi malum

Teglar :  O'zbekiston OTJ
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan yanvar oyida Qatarda bo'lib o'tadigan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tarkibni elon qildi.

Toshkent va Dubayda tashkil etilgan ikki bosqichli yig'in davomida Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabi bir qancha nomzodlar orasidan 23 nafar futbolchini saralab oldi. Ular orasida O'zbekiston milliy terma jamoasining azolari Javohir Sohibov, Doston Hamdamov, Jamshid Iskanderov, Ikrom Aliboev, Eldor SHomurodov va Igor Sergeev kabi futbolchilar bor.

Tarkib asosan O'zbekiston milliy chempionatida o'ynaydigan futbolchilar hisobiga qurilgan bo'lib, ular orasida faqatgina bir legioner bor. Serbiyaning “Yavor” klubi futbolchisi Xusniddin G'ofurov terma jamoadagi yagona legionerdir.

Toshkent va Dubaydagi yig'in davomida ayrim futbolchilarning sog'lig'i joyida emasligi malum bo'ldi va Samvel Babayan olimpiya terma jamoasi tarkibiga kirib ulgurgan ikki futbolchining xizmatlaridan foydala olmaydigan bo'ldi. Terma jamoaning asosiy tarkibi azolari sifatida ko'rilishi kutilgan “Lokomotiv” himoyachisi Bobur Yo'ldoshev va “Nasaf” azosi Odilbek Hamrobekov tibbiy ko'rikdan o'tolmadi va ularga O'zbekistonda futbol bilan shug'ullanishdan vaqtinchalik tiyilish tavsiya etildi.

23 nafar futbolchidan iborat O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 2016 yilning 2 yanvar kuni navbatdagi yig'inda ishtirok etish uchun Dubayga jo'nab ketadi. Dubay yig'ini tugagach, delegaciya yanvarda Qatarga yo'l oladi.

O'zbekiston terma jamoasi 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar ishtirokidagi Osiyo chempionatida “S” guruhidan Iroq, Janubiy Koreya va Yaman terma jamoalari bilan joy egallagan. 12 yanvarda start oladigan Osiyo chempionatini o'zbekistonlik olimpiyachilar 13 yanvarda Janubiy Koreyaga qarshi o'yin bilan boshlaydilar. So'ngra 16 yanvarda Iroq bilan, 19 yanvarda esa Yaman bilan o'ynaydilar.

Ushbu Osiyo chempionati Braziliyada bo'lib o'tadigan yozgi olimpiada o'yinlariga yo'llanma beruvchi turnir hisoblanib, unda Osiyoning 3 ta jamoasi, ikki finalchi va 3-o'rin uchun uchrashuv g'olibi mavjud 3 ta yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Quyida O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Osiyo chempionatiga boradigan 23 futbolchidan iborat tarkibini keltirib o'tamiz.


#        
Ism-familiyasi Tug'ilgan sanasi       
Ampluasi Klubi
1 Abdumavlon Abduljalilov          
22.12.94 Darvozabon “Neftchi”
Javohir Ilyosov 06.02.94 Darvozabon “Mashal”
Asilbek Omonov 01.09.93 Darvozabon “Qo'qon-1912”
Sardor Rahmonov 09.07.94 Himoyachi “Neftchi”
 Abdulloh Olimov 11.02.93 Himoyachi “Paxtakor”
Maksimilyan Fomin 21.09.93 Himoyachi “Buxoro”
Javlon Mirabdullaev 19.03.94 Himoyachi “Metallurg”
Muxsinjon Ubaydullaev 15.07.94 Himoyachi “Paxtakor”
Akromjon Komilov 14.03.96 Himoyachi “Bunyodkor”
10  Doston Tursunov 13.06.95 Himoyachi “Neftchi”
11  Jamshid Boltaboev 03.10.96 Himoyachi “Paxtakor”
12  Vladimir Kozak 12.06.93 Himoyachi “Paxtakor”
13  Javohir Sohibov 01.03.95 Yarim himoyachi        
“Paxtakor”
14  Otabek SHukurov 22.06.96 Yarim himoyachi “Bunyodkor”
15  Doston Hamdamov 24.07.96 Yarim himoyachi “Bunyodkor”
16  Jaloliddin Masharipov 01.09.93 Yarim himoyachi “Paxtakor”
17  Timur Hakimov 23.08.94 Yarim himoyachi “Oq-tepa”
18  Jamshid Iskanderov 16.10.93 Yarim himoyachi “Paxtakor”
19  Ikromjon Alibaev 09.01.94 Yarim himoyachi “Lokomotiv”
20  Husniddin Gafurov 29.07.94 Yarim himoyachi “Yavor”(Serbiya)  
21  Igor Sergeev 30.04.93 Hujumchi “Paxtakor”
22  Eldor SHomurodov 29.06.95 Hujumchi “Bunyodkor”
23  Jasurbek Hakimov 24.05.94 Hujumchi “So'g'diyona”

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика