So’nggi yangiliklar

13:57Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланмоқда: Ўзбекистон кимлар билан тушади?  0 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   2 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  0 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  2 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  5 12:03Расман: "Бунёдкор" легионер ҳужумчи трансферини эълон қилди  2 11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  1 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  4 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  7 09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  3 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  5 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  2

O'zbekiston olimpiya terma jamoasini Osiyo chempionatiga kuzatish marosimi o'tkazildi Yangiliklar

O'zbekiston olimpiya terma jamoasini Osiyo chempionatiga kuzatish marosimi o'tkazildi

8-26 yanvar kunlari Tailand yashil maydonlarida 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Tokio-2020 Olimpiada o'yinlariga yo'llanma taqdim etadigan mazkur musobaqada Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Olimpiyachilarimiz ertaga, 16 dekabr sanasidan boshlab Birlashgan Arab Amirliklarida musobaqa oldidan yakuniy yig'in va o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi, so'ngra Tailandga yo'l oladi.

Bugun poytaxtimizdagi “Ramada” mehmonxonasida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi azolarini Osiyo chempionatiga kuzatish marosimi bo'lib o'tdi. Unda keng futbol jamoatchiligi vakillari, Milliy olimpiya qo'mitasi hamda O'zbekiston futbol associaciyasi rahbarlari, taniqli futbolchilar, futbol faxriylari, ota-onalar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Samimiy ruhda o'tgan marosimda yaqin o'tmishning mashxur futbolchilari, faxriy sportchilar, shuningdek ota-onalar olimpiya terma jamoamizga oldindagi masuliyatli musobaqada omad va zafarlar tilashdi.

O'zbekiston futbol associaciyasi prezidenti Abdusalom Azizov terma jamoamiz azolariga ishonishini takidlab, olimpiyachilarimizni butun mamlakat ahli qo'llab-quvvatlashini, o'z navbatida futbolchilar ushbu madadni his etgan holda, har bir uchrashuvda vatanimiz shanini munosib himoya qilish uchun maydonga chiqishlari lozim ekanini aytib o'tdi.

Futbolchilar nomidan so'zga chiqqan jamoa sardori Islom Qobilov terma jamoamizning har bir azosi zimmasidagi masuliyatni chuqur his etayotgani, futbolchilar Osiyo chempionatida g'olib chiqish uchun bor kuch va mahoratlarini ishga solishlarini bildirdi.


Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика