O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yig'inni boshladi
30 noy 2015 21:09
Yangiliklar


O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yig'inni boshladi
Bugun O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentda yig'inga kirishdi.
Samvel Babayan boshchiligidagi jamoa bugun "Jar" stadionida mashg'ulot o'tkazdi. Olimpiyachilarimiz 2-14 dekabr va 19-28 dekabr kunlari Dubayda yig'in o'tkazishadi.
2-9 yanvar kunlariga mo'ljallangan yakuniy yig'in ham Dubayda o'tishi mo'ljallangan. Keyin olimpiyachilarimiz Doxaga yo'l oladi va 13 yanvarda Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasiga qarshi uchrashuv bilan Osiyo Kubogidagi ishtirokini boshlaydi.
Yig'inga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati O'FF matbuot xizmati tomonidan elon qilinadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar