O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Songxla shahriga etib bordi va mashg'ulot o'tkazdi
04 jan 2020 21:32
Yangiliklar


O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Songxla shahriga etib bordi va mashg'ulot o'tkazdi
8 yanvar kuni Tailandda 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati uchrashuvlari boshlanadi.
Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ilk o'yinini 9 yanvar kuni Eron olimpiyachilariga qarshi o'tkazadi.
Kecha Bangkokda Qatar bilan o'rtoqlik uchrashuvida bahs yuritgan o'zbekistonlik futbolchilar bugun Eron bilan o'yin bo'lib o'tadigan Songxla shahriga etib kelishdi va “BP Samila” mehmonxonasiga joylashishdi. Mazkur mehmonxonada bizning guruhimizdan o'rin olgan barcha terma jamoalar istiqomat qilishadi.
Kunduzi Songxlaga etib kelgan futbolchilarimiz tushdan so'ng mazkur shaharda ilk mashg'ulotni o'tkazishdi. Barcha yigitlarda kayfiyat alo darajada. Mashg'ulot jarayonda barcha birdek ter to'kmoqda.
Quyida mashg'ulot jarayonidan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:
O’xshash yangiliklar

Fikrlar