So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  0 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  4 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  2 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionati oldidan Qatar bilan o'yin o'tkazadi Yangiliklar

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionati oldidan Qatar bilan o'yin o'tkazadi

Xabaringiz bor, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionatiga tayyorgarlikning yakuniy bosqichini Birlashgan Arab Amirliklarida olib bormoqda.

Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi olimpiyachilarimiz kuniga 2 mahaldan mashg'ulotlar o'tkazishmoqda. Qolaversa, yig'in doirasida o'rtoqlik uchrashuvlari ham tashkil etilmoqda. Hozirga qadar terma jamoamiz BAA yig'ini doirasida 3 ta o'rtoqlik o'yini o'tkazdi va uchala bahsda ham g'alaba qozondi.

Qayd etish joiz, O'zbekiston U-23 terma jamoasi 1 yanvar sanasiga qadar Dubayda mashg'ulotlar olib boradi. Ertaga BAA 1-divizioni vakili – “Al Hamriya” klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushiladi.

So'ngra terma jamoamiz 1 yanvarda Tailandga yo'l oladi. Musobaqa oldidan yakuniy o'rtoqlik o'yini esa 3 yanvar kuni Bangkokda Qatar olimpiya termasiga qarshi o'tkaziladi.

Qatar bilan o'yindan keyin terma jamoamiz musobaqa doirasidagi ilk uchrashuvini o'tkazadigan Songxla shahriga yo'l oladi.

Takidlash joiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi qita chempionatidagi ishtirokini 9 yanvar kuni Eronga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Uchrashuv Songxla shahridagi “Tinsulanon” stadionida bo'lib o'tadi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика