So’nggi yangiliklar

12:10"Арсенал" 75 млн еврога форвард харид қилмоқчи  0 11:41"Реал" Родриго кетган тақдирда, унга эҳтимолий ўринбосар топди  2 11:17"Манчестер Юнайтед" мағлубиятлар сони бўйича клуб антирекордини янгилади  2 10:52“Ливерпуль" “Челси“ форварди билан шартнома имзоламоқчи  3 10:25“Манчестер Сити“ Тижани Рейндерсга қанча таклиф қилгани маълум  1 09:56МЮ Рэшфордга нарх белгилади  1 09:28“Ливерпуль“ 20 ёшли футболчига 60 миллион фунт беришга тайёр  1 09:00“Барселона“нинг ёздаги асосий трансфер мақсади маълум  21 08:35“Байер“ Флориан Вирцга нарх белгилади  4 08:05Суперлига. "Сурхон" — "Сўғдиёна" 2:1  2 08:03Аморим навбатдаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  9 07:33Суперлига. Бугун 3 та учрашув бўлиб ўтади  6 02:15АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  13 02:09Иван Бошкович: "Жамоага қандай фактор етишмаётганини биламан, бироқ буни тушунтириб беришим жуда қийин"  4 01:26АПЛ. "Тоттенхэм" яна мағлуб бўлди, бу сафар "Астон Вилла"га  2

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Janubiy Koreyada 2 ta o'rtoqlik o'yini o'tkazadi Yangiliklar

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Janubiy Koreyada 2 ta o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Bilasiz, kelasi yilning yanvar oyida Tailandda U-23 Osiyo chempionati final bosqichi bo'lib o'tadi.

Ayni paytda Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi mazkur musobaqaga jiddiy hozirlik jarayonini davom ettirmoqda.

Olimpiyachilarimiz har oy yig'in tashkil etib, xalqaro musobaqa yoki o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushmoqda. Sentyabr oyida yurtimizda Eron olimpiya terma jamoasi bilan 2 ta o'rtoqlik o'yini o'tkazildi.

Oktyabrda ham Lyubinko Drulovich shogirdlari xalqaro o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishadi. Terma jamoamiz oktyabrda Seulda yig'in o'tkazadi va mazkur yig'in doirasida Janubiy koreyalik tengqurlariga qarshi 2 ta o'yin o'tkazadi.

Dastlabki bahs 11 oktyabr kuni 35 ming o'ringa mo'ljallangan “Hwaseong Sports Complex” o'yingohida bo'lib o'tadi. O'yin bizning vaqtimiz bilan soat 16:00da boshlanadi.

Janubiy Koreya U23 – O'zbekiston U23 o'rtasidagi ikkinchi o'rtoqlik o'yini esa 14 oktyabr kuni 26 ming muxlisni o'z bag'riga sig'diruvchi “Cheonan Stadium”da tashkil etiladi. Mazkur bahs ham bizning vaqtimiz bilan soat 16:00da boshlanadi.


Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика