O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun navbatdagi o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi
25 dek 2019 13:41
Yangiliklar


O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun navbatdagi o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi
Bilasiz, Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ayni paytda Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo chempionatiga tayyorgarlik olib bormoqda.
Terma jamoamiz bugun mazkur yig'in doirasidagi navbatdagi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi. Bu galgi raqib ham Iroq olimpiya terma jamoasi bo'ladi. Mazkur ikki jamoa 22 dekabr kuni ham o'zaro bahs olib borishgan va o'shanda olimpiyachilarimiz 4:2 hisobida raqibdan ustun kelgan edi. Bugun rejaga ko'ra, jamoalar o'zaro ikkinchi o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi.
Uchrashuv BAA futbol associaciyasi stadionida tashkil etiladi va soat 16:00 (Toshkent vaqti bilan 17:00)da start oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar