O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun Iroq bilan o'ynaydi
22 dek 2019 13:31
Yangiliklar


O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun Iroq bilan o'ynaydi
Bilasiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ayni paytda Birlashgan Arab Amirliklarida navbatdagi U-23 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik olib bormoqda.
Olimpiyachilarimiz bugun yig'in doirasidagi navbatdagi o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi. Terma jamoamizga bugun Iroq olimpiya terma jamoasi raqiblik qiladi. Uchrashuv "Al Hamriya Sports Club Stadium" stadionida bo'lib o'tadi va soat 16:00 (Toshkent vaqti bilan 17:00)da start oladi.
Takidlash joiz, O'zbekiston va Iroq olimpiya terma jamoalari ushbu yig'in doirasida 2 marta o'zaro bahs yuritishadi. Ikkinchi o'yin 25 dekabr kuni o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
05:02
Klublar o'rtasidagi JCH. “Bavariya“ chorak finalda. Bizni chorak finalda dahshat uchrashuv kutmoqda 2

Fikrlar