O'zbekiston olimpiya terma jamoasi BAAda ilk mashg'ulotini o'tkazdi
11 noy 2019 11:43
Yangiliklar
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi BAAda ilk mashg'ulotini o'tkazdi
Bir hafta davomida Toshkentda yig'in o'tkazgan Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bugundan mashg'ulotlarni BAAda davom ettiradi.
Kunning birinchi yarmida Dubayga etib kelgan olimpiyachilarimiz “Time Grand” mehmonxonasiga joylashdi. Tushdan so'ng esa BAA futbol associaciyasi maydonida ilk mashg'ulot o'tkazildi.
Qayd etish joiz, olimpiyachilarimiz BAA yig'ini doirasida “Dubay xalqaro do'stlik musobaqasi”da ishtirok etadi. 13-19 noyabr kunlari davomida qitamizning 8 ta – BAA, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Suriya, Janubiy Koreya, Iroq, Iordaniya hamda O'zbekiston olimpiya terma jamoalari mazkur musobaqada g'oliblik uchun bahs olib borishadi.
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ilk uchrashuvini 13 noyabr kuni Iroq olimpiya termasiga qarshi o'tkazadi.
Quyida terma jamoamizning bugungi mashg'ulotidan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:








O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar