O'zbekiston nogiron-amputantlari Franciyani mag'lub etib chorak finalga chiqishdi
05 dek 2014 11:28
Yangiliklar

O'zbekiston nogiron-amputantlari Franciyani mag'lub etib chorak finalga chiqishdi
O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi Meksikada davom etayotgan JCH-2014 bahslari 1/8 finalida Franciya terma jamoasini yirik 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Mavzur Umarxo'jaev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi 5 dekabr Jahon chempionati bahslari nimchorak finalida Franciya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishdi. Uchrashuvda ustunlikka erishgan O'zbekiston terma jamoasi yakunda 3:0 hisobida g'alaba qozondi va chorak finalga yo'llanma oldi.
Eslatib o'tamiz, musobaqadagi dastlabki uchrashuvda O'zbekiston terma jamoasi Ukraina ustidan 7:0 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa, 2-turda Irlandiya ham yirik 6:1 hisobida mag'lub etilgan edi. Guruhning so'nggi turida Braziliya 3:0 hisobida dog'da qoldirilgandi.
Eslatib o'tamiz, Mavzur Umarxo'jaev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi nogiron-amputantlar o'rtasida amaldagi jahon chempioni sanaladi va terma jamoa Meksikadagi Jahon chempionatida o'z unvonini himoya qiladi.
Malumot o'rnida, Jahon chempionatiga Meksikaning Kuliakan shahri mezbonlik qilmoqda.

Fikrlar