So’nggi yangiliklar

01:55PFA АПЛ мавсум жамоасини тақдим этди  1 01:30PFA АПЛнинг ўтган мавсумдаги энг яхши ўйинчиси номини эълон қилди  3 01:23Кутилмаган хабар! Салоҳ "Ливерпуль"дан кетади  1 00:51"Барселона" шов-шувли трансферни амалга ошириши мумкин, у Италия терма жамоаси юлдузи  7 00:20Эшитдик-да! Алишер Одилов легионерга айланиш арафасида, йўналиш БААдан Европа томонга қараб ўзгарди  1 00:04Денис Коростиченко: "Ғалаба қозонишимиз учун бир деталь етишмаяпти, холос. Алишер Одилов БАА клубига кўчиб ўтмоқда"  1 23:48Рўзиқул Бердиев: "Ҳужумда агрессия етишмади. Чемпионат ҳали-бери тугамайди, чемпионлик ҳақида гапиришга эрта"  3 23:33Сергей Арсланов: "Нефтчи" футболчиларига саволим бор..."  7 23:04"Атлетико" 42 млн евролик харидини чоршанба куни "Метрополитано"да тақдим этади  0 22:40Суперлига. "Олимпик" - "Насаф", Абдихолиқовнинг голида қоида бузилган эдими?  10 22:31Иван Бошкович: "Бир-икки йил катта футболда ўйнаган футболчини ёш деб бўлмайди"  9 22:01Суперлига. "Насаф" "Олимпик" майдонида ғалабага эришиб, турнир жадвалидаги пешқадамлигини мустаҳкамлади  54 21:50Суперлига. "Нефтчи" - "Сўғдиёна" 0:3, жиззахликлар меҳмонда йирик ҳисобда зафар қучишди  1 21:23Суперлига. "Нефтчи" ўз уйида "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди. Фарғоналиклар қаторасига тўртинчи учрашувда ғалаба қозона олмаяпти  78 20:53"Ман Сити"га қайтиши кутилаётган Илкай Гюндоган фаолиятини якунлашини эълон қилди  5

O'zbekiston – “Navbahor” o'yini haqida Yangiliklar

O'zbekiston – “Navbahor” o'yini haqida

Avvalo shuni takidlab o'tish joizki, bu faqatgina Osiyo o'yinlariga boradigan o'yinchilardan iborat terma jamoa.
1991 yil tug'ilgan va undan kichik yoshdagi futbolchilardan tashkil topgan.

Mirjalol Qosimov bosh murabbiylik qilayotgan terma jamoa ilk bor yig'ildi va ayni paytda Toshkentda dastlabki 9 kunlik yig'inni davom ettirishmoqda. Ushbu mashg'ulotlar davomidagi ilk nazorat o'yini oliy liga vakili Namanganning “Navbahor” jamoasiga qarshi o'tkazildi.

Birinchi bo'lim


Mirjalol Qosimov o'yinni 4–4–2 sxemasida boshladi. Birinchi bo'lim davomida terma jamoa vakillari ustunlikni o'zlarida ushlab turishdi. Jamoa himoyalanayotganda to'rt himoyachi o'z o'rnida harakat qilgan bo'lsa, terma jamoa hujumga o'tayotgan pallada 3–5–2 sxemasi ishga tushdi. Bunda o'ng qanot himoyasida o'ynagan Azamat Isroilov oldinga o'tib harakat qildi. Azamatning hujum payti o'ng qanot yarim himoyasiga o'tishi esa Jamshid Iskanderovning markazga siljib Kozakka yordam berishiga sharoit yaratdi.

Bu holatda qanotlardan ikki o'yinchi, markazdan ham ikkita hujumkor yarim himoyachilar va oldinda ikkita hujumchi raqib darvozasi tomon xavf solib turdi. SHuningdek, tayanch “zona”da o'ynagan Dilshod Jo'raev ham oldinroqqa surildi. Hujum payti maydonning Eldor Suyunov qo'riqlayotgan qismida “straxovka” uchun uch himoyachi qoldi. Yaqindagina yakunlangan Braziliyadagi jahon chempionatida murabbiylar uch himoyachi taktikasini ko'p bor qo'llashdi. Ayniqsa, Lui Van Gal Gollandiya termasida bu uslubning eng yaxshi variantlarini ko'rsatib berdi. Aslida, faqat Isroilov emas, balki chap qanotga javobgar bo'lgan Javlon Mirabdullaev ham tez–tez hujumga qo'shilishi kerak edi. Ammo, u bazi vaziyatlarda o'zini yo'qotib qo'ydi va sheriklarini qiyin ahvolga tushirib qo'ydi.

SHuning uchun ham Qosimov birinchi bo'limning o'zidayoq uning o'rniga chap qanot himoyasiga Diyor Turopovni tushirdi. Diyor yarim himoyachi bo'lishiga qaramay, kerak paytda himoyada ham o'ynab bera oldi. Markaziy himoyani qo'riqlagan Krimec va Ismatullaev deyarli bexato harakat qilishdi. Faqatgina “Navbahor” gol urgan vaziyatda Krimec havodan kelayotgan to'pga eta olmaganining evaziga namanganliklar golli vaziyatga chiqib ketishdi. Lekin, o'sha vaziyatda to'p Krimecning bo'yidan bir qarich yuqoridan o'tib ketganini hisobga olsak, golda uni ayblab bo'lmaydi. Agar ikki qadam orqaga yurib to'pni qaytarishga uringanida o'z “zona”sini ochib qo'yardi.

Bu esa himoyachilar uchun eng katta xato hisoblanadi. Murabbiylar himoyachilarga o'zlari qo'riqlashi kerak bo'lgan joyni bo'sh qoldirish mutlaqo mumkin emasligini uqtirishadi. SHundan kelib chiqsak, Krimec o'sha vaziyatda o'z joyini tashlab ketmay to'g'ri qildi. Lekin, o'zi qo'riqlayotgan raqib hujumchisi Ruslan Kachurni oxirigacha ushlamay xato qildi. Bo'sh qolgan Kachur to'pni bo'sh qolgan darvozaga joylab ketdi.



Golgacha ham, goldan keyin ham ustunlikni ushlab turgan terma jamoa o'yinchilari buni hisobda ko'rsatib bera olishmadi. SHu kuni Jamshid Iskanderov o'rganganimiz kabi yorqin ko'rinmadi, buning ustiga bo'lim o'rtalarida nafasi qisib qoldi (bizga shunday tuyuldi) va murabbiydan o'zini almashtirishini so'radi. Uning o'rniga tushgan Ulug'bek Dadaboev o'yinni kuchaytirib yubora olmadi, lekin buzib ham qo'ymadi.

CHaproqdan harakat qilgan Sardor Rashidov esa ko'p holatlarda o'yinni o'ziga olishga urindi. Dastlabki daqiqalarda u ikkita juda xavfli vaziyatlarni o'ziga o'zi yaratib yakunni ham sal bo'lmasa gol bilan tugatishi ham mumkin edi. Lekin, bo'limning so'nggi 15 daqiqasida Rashidovda “brak”lar ko'zga tashlana boshladi. Xususan, uning oxirgi ikkita zarbasi darvoza to'riga emas, stadionni qurshab turgan simli devorga borib tegdi. Tayanch va markazni birdek yopishi kerak bo'lgan Dilshod Jo'raev hamda Vladimir Kozak o'z ishlarini alo darajada bajarishdi. Dilshod orqaroqda raqib hujumlarini alo darajada buzib turgan bo'lsa, Kozak oldinroqda hujumlarni boshlab turdi. Yani, hujumlarning qay tarzda rivojlantirilishi ko'p hollarda Kozak orqali hal qilindi.

Hujumda tushirilganlardan SHaxzod Nurmatov iliq taassurot qoldirdi. U yakka kurashlarda ham oxirigacha bordi, uzoqdan ham zarba berdi, gol ham urdi, kerak paytda himoyachilar etiborini chalg'itib turdi. Xullas, u o'zidan kutilgan o'yinni namoish etib berdi.



Igor Sergeev esa gol urmadi, yarq etib ko'zga tashlanmadi ham. Lekin, ko'p hollarda u hujumdagi qora ishlarni bajardi. Ko'pchilik uni oxirgi paytlarda o'zini ko'rsata olmayotgan bo'lishiga qaramay, klubda ham, terma jamoada asosiy tarkibda tushayotganiga etiroz bildirmoqda. Bizningcha esa murabbiylar uning universalligini qadrlashadi. Sergeev ayrim epizodlarni inobatga olmaganda yaqqol markaziy hujumchi rolida deyarli ko'rinmayapti. Undan ko'proq hujumchi ortida harakat qiluvchi sifatida foydalanishmoqda. Zarur bo'lib qolsa chap qanot yarim himoyasiga ham o'tib o'ynayveradi. SHuningdek, u to'pni o'zida yaxshi saqlaydi, bu esa markaziy hujumda emas, ko'proq orqaroqda asqotadi.

Ikkinchi bo'lim

Ikkinchi bo'limda terma jamoada mutlaqo boshqa tarkib maydonga tushdi. Dastlabki 45 daqiqalikda o'ynaganlar esa maydon bo'ylab engil yugurishdi. Ikkinchi bo'limda terma jamoa himoyachilariga unchalik ham ko'p ish topilmadi, shuning uchun himoyada o'ynagan Salim Mustafoev, Bobur Yo'ldoshev, SHerzod Fayzievning harakatlariga ortiqcha to'xtalib o'tirmaymiz. O'ng qanot himoyasida tushgan Sardor Raxmonovga esa to'xtalmay ilojimiz yo'q. Ko'pchiligimiz uni markaziy himoyada ko'rib o'rganganmiz, lekin shu kuni o'ng qanotda o'ynagan Sardor o'zini alo darajada ko'rsata oldi.

Doimiy ravishda hujumga qo'shildi, Navro'z Olimovning ikkinchi goliga va Alibobo Raxmatullaevning goliga golli pas berdi. Ikkala to'p uzatishni ham o'ng qanotdan kirib borib oshirdi. Aliboboga zarba berish uchun eng qulay balandlikda to'p oshirgan bo'lsa, Navro'z Olimovga gol urish uchun birgina harakatning o'zi kifoya qiladigan darajadagi pas berdi. Uning hujumga qo'shilgan pallada qanotdan uzatishlarida xilma–xillik bor, har holda faqat bir xil “naves”larni ijro etmadi. Sardorning harakatlarida kreativlik borligi sezildi.

Ikkita qanot yarim himoyasiga tushgan Alibobo Raxmatullaev hamda Farrux Sayfiev ham tez–tez xavfli vaziyatlarni sodir etib turishdi. Alibobo bitta gol urib, bitta golli pas oshirgan bo'lsa, Sayfievning bir safar Inesta uslubida tashlab bergan kesma pasini Smolyachenko golga aylantirish o'rniga yonga uzatib yubordi va shu bilan imkoniyat boy berildi.



Tayanch va markaziy yarim himoya chizig'ida uchta o'yinchi almashib harakat qildi. Bular: Azim Ahmedov, Sardor Sobirxo'jaev hamda Sardor Mirzaev. Ulardan Sardor Mirzaev asosan oldinroqda hujumni keskinlashtiruvchi paslar amalga oshiriladigan nuqtada harakatlangan bo'lsa, Ahmedov hamda Sobirxo'jaev orqaga va oldinga joylarini o'zgartirgan holda o'tib turishdi. Sardor Mirzaev esa ikkinchi bo'limning yorqin o'yinchilaridan biri bo'ldi. Navro'zning birinchi golini aynan Mirzaev havodan uzatgan Xavi uslubidagi to'p uzatishi bilan boshlab bergan edi.

Boshqa vaziyatlarda ham u faol bo'ldi. Va nihoyat, ikkinchi bo'limda birgina hujumchi sifatida o'ynagan Navro'z Olimov haqiqiy hujumchilarga hos hislatlarga ega ekanligini ko'rsatib berdi. Kerakli vaqtda, kerakli joyda paydo bo'ldi, kerakli harakatni amalga oshirdi va ikkita gol urdi. Uning har ikki goli ham hujumchilarga hos hislat evaziga kiritildi. Bu o'yini bilan asosiy tarkibga loyiq ekanligini isbotlagandek go'yo. Lekin, Osiyo o'yinlarigacha hali vaqt bor va musobaqaga kim qanday etib borishini bilmaymiz.

Umumiy xulosa

Darvozamiz ishonchli qo'lda, Eldor Suyunov milliy terma jamoa darajasiga etib olgan darvozabon. Markaziy va o'ng qanot himoyasida raqobat juda kuchli. O'ng Isroilov va Rahmonov birdek yaxshi taassurot qoldirdi, markazda Krimec, Ismatullaev, Yo'ldoshev asosiy tarkib uchun raqobatlashishlari ko'rinib turibdi. CHap qanot himoyasida esa muammolar borga o'xshamoqda. Mirabdullaev muhim pallada pand berib qo'yishi mumkin, birgina Mustafoev varianti qolmoqda.

Unga nimadir bo'lsa kim o'ynaydi chapda? Menimcha, ushbu terma jamoaga jalb etiladigan 3 nafar yoshi katta o'yinchilarimizdan biri aynan chap qanot himoyachisi bo'ladi. Bundan tashqari, maydonga markaziga ham katta futbolchilarimizdan biri chaqiriladi. CHunki, zamonaviy futbolda maydon markazidagi ustunlik juda ko'p narsani belgilab beradi. Futbolda shunday gap bor: “Menga markazdagi o'yinchilaringni ko'rsat, men senga jamoangni imkoniyatlarini aytib beraman”.

Hujumkor yarim himoyachilar borasida Qosimovda yaxshigina tanlov bor: Rashidov, Iskanderov, Turopov, Raxmatullaev, Sayfiev, Ahmedov. Bundan ortiq tanlov shart bo'lmasa kerak?

Hujumda Olimov vaziyatdan foydalanish darajasi yuqori bo'lgani uchun asosiy tarkibga asosiy nomzod. Unga biroz orqaroqda kurashuvchan sherik kerak, bu ko'p ehtimol bilan Sergeev bo'lsa kerak. “Paxtakor” forvardi keskin kurashlarda qatnashib to'pni yutib bersa, Olimov eng oldinda harakat qiladi.

Tolibjon Qosimov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика