So’nggi yangiliklar

15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  3 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  9 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  0 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  36 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  16 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  5 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  11 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  10 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  2

O'zbekiston MTJning SHveciyaga qarshi o'yin uchun taxminiy tarkibi Yangiliklar

O'zbekiston MTJning SHveciyaga qarshi o'yin uchun taxminiy tarkibi

Bugun, 5 sentyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi SHveciyaga qarshi xalqaro o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

Bugun O'zbekiston SHveciyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Stokgolmdagi "Frienda Arena Stadium"da o'tadigan bahs Toshkent vaqti bilan 18:00 (mahalliy vaqt bilan 15:00)da start oladi.

Oldinroq, SHveciya terma jamoasining bizga qarshi tushadigan asosiy tarkibi haqida xabar bergan edik.

⚡️ SHveciyaning O'zbekiston bilan o'yin uchun asosiy tarkibi malum

Endi O'zbekiston terma jamoasining bugungi bellashuv uchun taxminiy tarkibini etiboringizga havola etamiz.

Darvozabon: Eldorbek Suyunov ("Paxtakor")

Mashg'ulotlardan kelib chiqib bugun Suyunovni boshlang'ich tarkibda kutyapman. Eldor terma jamoaning yangi sardori bo'lish uchun asosiy nomzodlar qatorida ham bor va Katanec O'zbekiston terma jamoasi boshqaruvidagi ilk o'yinda aynan "Paxtakor" kiperiga ishonch bildirsa kerak.

Alternativlari: Sanjar Quvvatov ("Paxtakor") hamda Valijon Rahimov (AGMK)


O'ng qanot himoyachisi: Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor")

Mashg'ulotlarda o'ng qanotning asosiy himoyachisi sifatida aynan Alijonov harakat qilib kelmoqda. Mavsum boshidagi holatidan chiqib keta olgan va yana formaga tushib borayotgan Hojiakbar terma jamoada ham asosiy tarkibga qaytishga yaqin.

Alternativi: Dilshod Saitov ("Nasaf")


Markaziy himoyachi: Dostonbek Tursunov ("CHucin Lifan", Xitoy)

Tursunov markaziy himoyaning o'ngrog'ida o'yinni boshlaydi. Katanec ilk o'yinida aynan uni tushirmoqchidek. Xitoy Superligasi vakiliga o'zimizning Superliga ishtirokchisi sherik bo'ladi...

Alternativi: Husniddin Aliqulov ("Nasaf")


Markaziy himoya: Abdulla Abdullaev ("Bunyodkor")

Bugun markaziy himoyada bosh jamoada o'ynash tajribasi nisbatan kamroq bo'lgan futbolchilarimizni ko'ramiz. Katanec ikkinchi markaziy himoyachi sifatida "qaldirg'ochlar" azosi Abdulla Abdullaevni maydonga tushirishi ehtimoli yuqori.

Alternativi: Islom Qobilov ("Lokomotiv")


CHap qanot himoyachisi: Farruh Sayfiev ("Paxtakor")

Katanec hozircha "Paxtakor"ning qanot himoyachilari terma jamoada ham asosiy tarkibda tushirmoqchi. Keyinchalik nima bo'lishi vaqt ko'rsatadi. Ayniqsa, ayni chap qanotda raqobat juda keskin ko'rinish oladi.

Alternativi: IbrohimHalil Yo'ldoshev


Markaziy yarim himoyachi: Odil Hamrobekov ("Paxtakor")

Katanec ikki markaziy yarim himoyachi bilan o'ynamoqchi va ulardan biri bugun Hamrobekov bo'ladi. Uning sherigi esa legioner...

Alternativi: Akmal Mozgovoy ("Nasaf")


Markaziy yarim himoyachi: Otabek SHukurov ("SHarja", BAA)

Bugungi kunda eng kuchli markaziy yarim himoyachilarimiz aynan shu ikki yigit. Balki, SHukurov - Hamrobekov tandemi bir necha yillar terma jamoaga xizmat qilar.

Alternativi: Abror Ismoilov ("Paxtakor")


O'ng qanot vingeri: Farruh Ikromov ("Bunyodkor")

Srechko Katanec o'ng vinger sifatida bugungi o'yinga aynan "Bunyodkor"da etakchilikni qo'liga olgan Ikromovni tayyorlab keldi. Klubidagi o'yini bilan terma jamoada asosiy tarkibda tushish imkonini ham qo'lga kiritish arafasida.

Alternativi: Sanjar Qodirqulov ("Lokomotiv")


CHap qanot vingeri: Jaloliddin Masharipov ("Al Nassr", Saudiya Arabistoni)

Bu joyda ortiqcha taxminlarga hojat yo'q. Masharipov terma jamoaning asosiy o'yinchilaridan biri va bugun ham uni boshlang'ich tarkibda ko'ramiz.

Alternativi: Hojimat Erkinov ("Paxtakor")


Hujujmchi orti: Oybek Bozorov ("Nasaf")

Sloveniyalik mutaxassis hujumchi ortida aynan Bozorovni sinab kelmoqda. Har ikki qanotda va hujumchi ortida o'ynay oladigan Oybekni bugun "o'ninchi" o'yinchi sifatida ko'ramiz.

Alternativi: Azizbek Amanov ("Lokomotiv")


Hujumchi: Eldor SHomurodov ("Roma", Italiya)

Bu joyda kim tushishini taxmin qilish ham xuddi chap vinger kabi uzoq o'ylantiradigan jarayon emas. SHomurodov eng kuchli hujumchimiz va u bugun boshlang'ich tarkibda bo'ladi. Undan bugun stadionga keladigan o'zbek muxlislari ham gol kutishadi.

Alternativi: Igor Sergeev ("Tobol", Qozog'iston)


O'zbekiston MTJning SHveciyaga qarshi o'yin uchun taxminiy tarkibi:

Eldorbek Suyunov

Hojiakbar Alijonov, Doston Tursunov, Abdulla Abdullaev, Farruh Sayfiev

Odil Hamrobekov, Otabek SHukurov

Farruh Ikromov, Oybek Bozorov, Jaloliddin Masharipov

Eldor SHomurodov


SHuningdek, bugun terma jamoani kim sardor sifatida boshlab tushishi ham ko'pchilikni qiziqtirmoqda. Mashg'ulotlar va jamoa ichida eng faol bo'lgan futbolchilarimiz Jaloliddin Masharipov hamda Eldorbek Suyunov. SHu sabab shaxsan o'zim aynan mana shu ikki futbolchidan biri bugun sardorlik bog'ichini taqib tushishini taxmin qilyapman.

Bugungi bellashuvda terma jamoamizga omad!

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика