So’nggi yangiliklar

19:04"Биз кўпроғига лойиқ эдик". Артета "Ливерпул"га қарши ўйинни таҳлил қилди  1 18:38Слот "Арсенал" билан дуранг нега орқага ташланган қадам эмаслигини тушунтирди  1 18:14Мармуш "Сити"дан кетмоқчи эмас  2 17:45Жаҳон чемпионатининг тўртта юлдузли иштирокчиси март ойида АҚШда учрашади  1 17:18Куни кеча "Сурхон"дан кетган мураббий Зейтуллаев штабида иш бошлади  1 16:57"Арсенал" етакчиси муаммога дуч келди  0 16:35Миржалол Қосимов: "Жон сақлаш учун курашгандан кўра ўйнамаган яхши"  5 16:17Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубоги ўйинида ишлайди  1 15:50Саудия Арабистони гранди Брунуга йирик битим таклиф этмоқда  4 15:22"Арсенал" Англия терма жамоаси ҳимоячиси учун курашга қўшилди  2 14:56Карпенко "Бухоро"дан кетди  1 14:30Суперлиганинг 2025 йилдаги энг яхши мураббийи Қозоғистонда ишлайди  5 14:09​Расман: "Манчестер Сити" Семеньони сотиб олди  4 13:48Токотаев "Локомотив"да тиббий кўрикдан ўтолмади  11 13:25"Манчестер Юнайтед" янги мураббий бўйича қарорни кечиктирди  7

O'zbekiston MTJ yangi murabbiylar shtabi qanday ko'rinishda bo'ladi? Yangiliklar

O'zbekiston MTJ yangi murabbiylar shtabi qanday ko'rinishda bo'ladi?

Sloveniyalik murabbiy hozircha sharoitlar bilan tanishyapti.

18 avgustdan 19 avgustga o'tar kechasi O'zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Srechko Katanec yurtimizga etib keldi va ayni paytda Toshkentda bo'lib turibdi. Yangi murabbiy mana to'rt kundirki o'zbek futboli bilan yaqindan tanishyapti, sharoitlarni o'rganyapti va hali shartnoma tuzgani yo'q. 

Katta ehtimol bilan oldimizdagi haftada shartnoma imzolanadi va shundan so'ng qancha muddatga va qanday sharoitlarga ko'ra tuzilgani elon qilinadi. SHunisi aniqki, Katanec Toshkentga ikki nafar yordamchisi bilan kelgan. Muxlislarni esa yangi O'zbekiston milliy terma jamoasining murabbiylar shtabi qanday ko'rinishda bo'lishi qiziqtiryapti. 

Bizga malum bo'lishicha, O'zbekiston U-22 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Katanec boshchiligidagi murabbiylar shtabidan o'rin oladi. 20 avgust kuni Ravshan Haydarov Katanecning ikki yordamchisi bilan Jizzaxga tashrif burdi va "So'g'diyona" - "Lokomotiv" uchrashuvini kuzatdi. Sloveniyalik murabbiyning o'zi esa shu kuni "Bunyodkor" - "Navbahor" o'yinida bo'ldi.

Srecko Katanec xorijlik murabbiy bo'lgani uchun o'zimizdagi mutaxassislarni tanimaydi, shu bois mahalliy murabbiy Ravshan Haydarov yangi murabbiylar shtabini tuzishda yaqindan yordam beryapti. Bizga etib kelgan malumotlarga ko'ra, yangi murabbiylar shtabi tubdan yangicha ko'rinish oladi. Endilikda Vadim Abramov bilan terma jamoada ishlagan shifokorlar, massajchilar va administratorlar o'rnini Ravshan Haydarovga U-22 terma jamoasida yordam berib kelganlar egallaydi.

X.Xoliqov

Reyting: -29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика