So’nggi yangiliklar

16:12Ханси Флик: "Қасос олиш ҳақидаги гаплар менга ёқмаяпти"  1 15:51Хаби Алонсо: "Ғалабага тайёрланяпмиз"  2 15:10Аденис Шала: "Ўзбек футболи Македония ва Косовога нисбатан анча устун. Канте мени ниҳоятда ҳайратда қолдирди"   1 14:59Ибрагимович "Аякс"га ўтишга яқин  1 14:28Депай ёзда эркин агентга айланиши мумкин  0 14:01"Челси" Беллингемни нишонга олди. "Реал" бунга муносабатини билдирди  8 13:37ПСЖ хавбеки Туркияга йўл олиши мумкин  1 13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  3 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  42 12:55"Манчестер Сити" "Болонья" ҳимоячисини нишонга олди  0 12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  5 11:35Қойил, Саудия ҳаммасини эплаяпти  17 11:18Бугунги ўйинлар: Эрон U-23 — Ўзбекистон U-23 ва бошқалар  1 10:47Эрлинг Холанд кетма-кет олтинчи марта Норвегиянинг "Йил футболчиси" деб топилди  1

O'zbekiston MTJ Toshkentda yig'in boshladi Yangiliklar

O'zbekiston MTJ Toshkentda yig'in boshladi

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralash bahslari “D” guruhidan o'rin olgan uchrashuvlar oldidan Toshkent shahrida yig'inga kirishdi.

Futbolchilarimiz Vadim Abramov boshchiligida "JAR" stadionida mashg'ulotlarni boshlashdi. Yig'inning birinchi kunida terma jamoaga chaqiruv olgan 28 nafar futbolchining 24 nafari ishtirok etdi. Legionerlardan Rustam Ashurmatov va Odil Ahmedov ham umumiy guruhda mashg'ulotlar o'tkazdi. Hojiakbar Alijonov yakka tartibda shug'ullandi.

Ikrom Aliboev, Eldor SHomurodov, Otabek SHukurov va Timurxo'ja Abduholiqov yaqin kunlarda terma jamoa ixtiyoriga kelib qo'shiladi.

Eslatib o'tamiz, Vadim Abramov yig'inga quyidagi futbolchilarni jalb etgan:

Darvozabonlar: Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”), Eldor Suyunov (“Paxtakor”), Abdumavlon Abdujalilov (“Bunyodkor”).

Himoyachilar: Egor Krimec (“Paxtakor”), Rustam Ashurmatov (“Gvangju”, Janubiy Koreya), Umar Eshmurodov (“Nasaf”), Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”), SHarof Muhitdinov (“Nasaf”), Farrux Sayfiev (“Paxtakor”), Dilshodbek Ahmadaliev (“Bunyodkor”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Akbar Ismatullaev ("Metallurg").

Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”), Odil Ahmedov (“SHanxay SIPG” - Xitoy), Ikrom Aliboev (“Seul FK” – Janubiy Koreya), Aziz G'aniev (“Nasaf”), Oston O'runov (“Lokomotiv”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Lutfulla To'raev ("Bunyodkor"), Sardor Mirzaev (“Lokomotiv”), Otabek SHukurov (“SHarja”, BAA), Dostonbek Hamdamov (“Paxtakor”), Xurshid G'iyosov ("Bunyodkor"), Jamshid Iskanderov ("Lokomotiv"), Jasur Yaxshiboev (AGMK).

Hujumchilar: Eldor SHomurodov (“Rostov” – Rossiya), Igor Sergeev (“Paxtakor”), Temurxo'ja Abduxoliqov ("Xorfakkan", BAA).

Suratlar muallifi - Tolibjon Qosimov

Reyting: +73   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика