O'zbekiston MTJ Toshkentda yig'ildi
18 mar 2024 13:28
Yangiliklar
O'zbekiston MTJ Toshkentda yig'ildi
Bugun, 18 mart kuni kuning birinchi yarmida "Jar" stadionida o'tgan mashg'ulotda jami 15 nafar futbolchi ishtirok etdi. 3 nafar legioner Rustam Ashurmatov, Husniddin Aliqulov va Otabek SHukurov bugun Toshkentga etib kelishdi va terma jamoa bilan birga Pekin orqali Gonkongga uchib ketishadi. Qolgan 5 legioner esa to'g'ri Gonkongga etib boradi.
Bugungi mashg'ulotda ishtirok etgan futbolchilar:
Darvozabonlar: O'tkir Yusupov ("Navbahor"), Botirali Ergashev ("Neftchi"), Abduvohid Nematov ("Nasaf")
Himoyachilar: Abdulla Abdullaev ("Xorfakkan", BAA), Farruh Sayfiev ("Navbahor"), Akram Komilov (OKMK), Zafarmurod Abdirahmatov ("Nasaf")
Yarim himoyachilar: Aziz Turg'unboev ("Sivasspor", Turkiya), Odiljon Hamrobekov ("Navbahor"), Diyor Xolmatov ("Paxtakor"), Abbosbek Fayzullaev (CSKA, Rossiya), Jamshid Iskanderov ("Navbahor"), Hojimat Erkinov ("Al Vahda", BAA),
Hujumchilar: Bobir Abdixoliqov ("Nasaf"), Azizbek Amonov ("Xorfakkan", BAA).
Yig'inga chaqirilgan qolgan futbolchilar: Umar Eshmurodov ("Selangor", Malayziya), Husniddin Aliqulov ("Rizespor", Turkiya), Jaloliddin Masharipov ("Istiqlol", Eron), Oston O'runov ("Persepolis", Eron), Otabek SHukurov ("Qayserispor", Turkiya), Abduqodir Husanov ("Lans", Franciya), Rustam Ashurmatov ("Rubin", Rossiya), Eldor SHomurodov ("Kalyari", Italiya).










Mashg'ulotdan qolgan rasmlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilish mumkin. FOTOGALEREYA
Foto: Tolibjon Qosimov
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar