O'zbekiston MTJ Toshkentda Eron bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
08 iyu 2020 18:42
Yangiliklar
O'zbekiston MTJ Toshkentda Eron bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
Avval xabar berganimizdek, O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo'shma saralash bosqichidagi qoldirilgan uchrashuvlarni oktyabr va noyabr oylarida o'tkazadi.
Ushbu bahslar oldidan MTJ uchun sentyabr oyida Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etiladi. SHu sababli, milliy terma jamoa azolari 4 sentyabr kuni Tojikiston vakillari bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishi rejalashtirilgan.
SHuningdek, mazkur yig'in doirasida Vadim Abramov murabbiyligi ostidagi Milliy jamoamiz Eronga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Eron Islom Respublikasi futbol federaciyasi bilan kelishgan holda, ushbu uchrashuv 7 sentyabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tishi belgilandi.
Eshitdik-da! O'zbekiston milliy terma jamoasi Eron bilan o'ynashi mumkin
Fikrlar