So’nggi yangiliklar

01:33"Спорт-Экспресс": Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Дешамдан кўп маош олади  16 01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  1 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  2 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  2 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  3 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  24 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  5

O'zbekiston MTJ o'quv-mashg'ulot yig'iniga chaqirilgan futbolchilar ro'yxatida o'zgarish yuz berdi Yangiliklar

O'zbekiston MTJ o'quv-mashg'ulot yig'iniga chaqirilgan futbolchilar ro'yxatida o'zgarish yuz berdi

Teglar :  O'zbekiston MTJ
Kecha xabar berilganidek, O'zbekiston milliy terma jamoasi avgust oyi avvalida Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadi.

3-10 avgust kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan mazkur yig'inga “Paxtakor” klubining 13 nafar azosi chaqirilgan edi.

Biroq bugun olingan so'nggi test natijalariga ko'ra ushbu futbolchilar orasida koronavirus infekciyasi aniqlanganlar borligi malum bo'ldi. Terma jamoa murabbiylar shtabi boshqa o'yinchilarni sog'ligini xavf ostida qoldirmaslik maqsadida “Paxtakor” klubi vakillarini yig'ingan jalb etmaslikka qaror qildi.

SHu sababli, quyidagi futbolchilar milliy terma jamoamizning keyingi haftadagi yig'iniga kelib qo'shiladi:

Abbos Otaxonov ("Metallurg"), Ibrohimhalil Yo'ldoshev ("Bunyodkor"), Iskandar SHayqulov ("So'g'diyona"), Hojimat Erkinov (AGMK), Oybek Rustamov ("Qo'qon-1912"), Abbosjon G'ulomov ("Navbahor"), Quvondiq Ro'ziev ("Qo'qon-1912"), Jasur Hasanov ("Sog'diyona"), Temurxo'ja Abduxoliqov ("Lokomotiv")

Malumot o'rnida, terma jamoa shifokori barcha klub shifokorlari orqali chaqiruv olgan futbolchilarning sog'ligi haqida muntazam xabardor bo'lib turibdi.

SHuningdek, mazkur yig'in avvalidan terma jamoa to'liq tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi. Yurtimizdagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda, mashg'ulotlar yopiq tarzda o'tkaziladi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика