So’nggi yangiliklar

11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  0 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  6 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  0 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  6 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  15 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0

Lutfulla To'raev va yana 6 futbolchi MTJ yig'inda ishtirok etmaydi. Anzur Ismoilov terma jamoaga qaytdi Yangiliklar

Lutfulla To'raev va yana 6 futbolchi MTJ yig'inda ishtirok etmaydi. Anzur Ismoilov terma jamoaga qaytdi

Xabaringiz bor, 22-30-mart oralig'idagi FIFA kunlarida O'zbekiston milliy terma jamoasi o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etadi.

Ushbu yig'in davomida vakillarimiz Gana va Iroq bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Terma jamoaga chaqirilgan bir necha nafar futbolchi Superliga bahslarida o'z klubi safida jarohat olganligi sababli, mazkur o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazib yuboradigan bo'ldi.

Eldorbek Suyunov, Egor Krimec, Hojiakbar Alijonov, Lutfulla To'raev, Sardor Sobirxo'jaev, Abrorbek Ismoilov, Temurxo'ja Abduxoliqov o'rniga murabbiylar shtabi Milliy jamoamiz safiga Iskandar SHaykulov ("So'g'diyona"), Anzur Ismoilov ("Paxtakor") va Javohir Qahramonovni ("So'g'diyona") jalb etishdi.

SHuningdek, MTJ murabbiylar shtabida ham o'zgarish ro'y berdi. Anvar G'ofurov yordamchi murabbiy sifatida Vadim Abramovga ko'maklashib boradigan bo'ldi.

Malumot uchun, ertaga terma jamoamiz "Paxtakor" stadionida to'liq tarkib bilan mashg'ulotlarga kirishadi", - deb xabar bermoqda O'FA matbuot xizmati. 


Darvozabonlar: Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Javohir Ilyosov ("Lokomotiv")

Himoyachilar: Islomjon Qobilov ("Lokomotiv"), Ibrohimhalil Yo'ldoshev ("Paxtakor"), Murod Xolmuhammedov ("Qo'qon-1912"), Farruh Sayfiev ("Paxtakor"), Sanjar Qodirqulov ("Lokomotiv"), Islom To'xtaxo'jaev ("Qizilqum"), Azimjon Ahmedov ("Navbahor"), Anzur Ismoilov ("Paxtakor"), Iskandar SHaykulov ("So'g'diyona").

Yarim himoyachilar: Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Oybek Bozorov ("Nasaf"), Odiljon Hamrobekov ("SHabab Al Ahli", BAA), Otabek SHukurov ("SHarja", BAA), Jaloliddin Masharipov ("SHabab Al Ahli", BAA), Humoyunmirzo Iminov ("Paxtakor"), Sanjar SHoahmedov (AGMK), Sardor Rashidov ("Paxtakor"), Dostonbek Hamdamov ("Xatta", BAA), Oston O'runov ("Ufa", Rossiya), Javohir Qahramonov ("So'g'diyona").

Hujumchilar: Eldor SHomurodov ("Jenoa", Italiya), SHahzodbek Ubaydullaev ("SHaxtyor Soligorsk", Belarus, Igor Sergeev ("Aktobe", Qozog'iston).

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi mart oyidagi FIFA kunlari doirasida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. 26 mart kuni Namanganda Gana B terma jamoasi mehmon bo'lsa, 29 mart kuni Toshkentda Iroqqa qarshi bahs bo'ladi.

Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика