So’nggi yangiliklar

15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  6 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  0 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  2 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  11 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  1 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  5 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1

O'zbekiston MTJ. Ikkinchi kungi mashg'ulotlar haqida Yangiliklar

O'zbekiston MTJ. Ikkinchi kungi mashg'ulotlar haqida

O'zbekiston milliy terma jamoasi Yaman va Singapur bilan o'yinlarga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Bugun, 3 oktyabr kuni ham Vadim Abramov boshchiligidagi terma jamoamiz azolari "Jar" stadionida mashg'ulot o'tkazishdi. Tarkibda o'zgarishlar kuzatilmadi, xuddi kechagidek 24 nafar futbolchi shug'ullandi. To'rt nafar legioner shu kunlarda terma jamoa ixtiyoriga kelib qo'shilishadi.

Uch nafar posbon bilan doimgidek Denis Ivankov ishladi. Birinchi kungi mashg'ulotlarni individual tarzda o'tkazgan Xojiakbar Alijonov umumiy guruhga qaytdi. Terma jamoamiz shifokori Abror Pirrievning aytishicha Alijonovda kichik shamollash kuzatilgani uchun dastlabki kuni u yakka tartibda ishlagan.

Abramov terma jamoaga qaytgach mashg'ulotlar butunlay ochiq bo'layotgani jurnalistlarni quvontirayotgani aniq. Biroq bazi hamkasblarimizning buni suiistemol qilishayotgani ko'ngilni biroz xira qildi. Jahon chempionati saralash bahslariga tayyorgarlik ko'rayotan terma jamoaning mashg'ulotlari vaqtida (!!!) ulardan maydonning o'zida (!!!) intervyu olishga harakat qilish tashqaridan juda va juda xunuk ko'rindi.

Tez orada saytimizga ikkinchi kungi mashg'ulotlardan videolavha hamda Lutfulla To'raev bilan qisqa intervyuni joylaymiz. SHunday ekan Championat.asia saytini va uning yutubdagi rasmiy kanalini kuzatib boring.


Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика