So’nggi yangiliklar

18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0

O'zbekiston MTJ Dubayga uchib ketdi. Oldinda JCH-2022 saralash bahslari FOTO Yangiliklar

O'zbekiston MTJ Dubayga uchib ketdi. Oldinda JCH-2022 saralash bahslari FOTO

O'zbekiston milliy terma jamoasi erta tongda Toshkent-Dubay reysi bilan BAAga uchib ketdi.

Bugun tongda Milliy jamoamiz delegaciyasi HY-333 havo reysi orqali Dubay shahriga jo'nab ketdi. Futbolchilarimizni nima uchun oldingi safarlardagi kabi muxlislar klubi aeroportga kuzatib qo'ymadi degan savol yuzaga kelishi mumkin. 

"Terma jamoamiz sardori Odil Ahmedovning iltimosiga ko'ra, dabdabali kuzatish marosimlari yosh futbolchilarga ortiqcha bosimni keltirib chiqarishi mumkinligini o'ylab bu safar terma jamoamizni duo qilib, ortiqcha dabdabasiz kuzatishga qaror qildik", - deydi Abdurahmon Fozilov.


O'zbekiston MTJ 30 may sanasida Tailand vakillariga qarshi to'p tepadi va 1 iyun kuni Saudiya Arabistoniga etib boradi.

Malumot o'rnida, bosh murabbiy Vadim Abramov Saudiya Arabistonida o'tadigan JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo'shma saralash bosqichidagi hal qiluvchi uchrashuvlar uchun 28 nafar futbolchini jalb etgan.  

Darvozabonlar: Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Valijon Rahimov (AGMK), Sanjar Quvvatov ("Paxtakor").

Himoyachilar: Islom To'xtaxo'jaev ("Qizilqum"), Islomjon Qobilov ("Lokomotiv"), Rustamjon Ashurmatov ("Kanvon", Janubiy Koreya), Oleg Zoteev ("CHonnam Dragons", Janubiy Koreya), Ibrohimhalil Yo'ldoshev ("Paxtakor"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Sanjar Qodirqulov ("Lokomotiv"), Umarbek Eshmurodov ("Nasaf"), Husniddin Aliqulov ("Nasaf").

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov ("Canchjou Mayti Layons", Xitoy), Otabek SHukurov ("SHarja", BAA), Odiljon Hamrobekov ("SHabab Al-Ahli", BAA), Abrorbek Ismoilov ("Paxtakor"), Ikrom Aliboev ("Tedjon Sitizen", Janubiy Koreya), Jaloliddin Masharipov ("SHabab Al-Ahli", BAA), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Oybek Bozorov ("Nasaf"), Dostonbek Hamdamov ("Xatta", BAA), Vagiz Galiulin ("Nefteximik", Rossiya), Sanjar SHoahmedov (AGMK).

Hujumchilar: Eldor SHomurodov ("Jenoa", Italiya), Temurxo'ja Abduholiqov ("Lokomotiv"), Igor Sergeev ("Aktobe", Qozog'iston), Farruh Ikromov ("Bunyodkor"), SHohruz Norxonov ("So'g'diyona").



 

Video operator: Samandar SHokirov 

Foto: Jahongir Fayzullaev


Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика