O'zbekiston MTJ Dubay shahrida Iordaniyaga qarshi o'ynaydi
08 jan 2021 12:51
Yangiliklar


O'zbekiston MTJ Dubay shahrida Iordaniyaga qarshi o'ynaydi
O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo'shma saralash bosqichi bellashuvlariga tayyorgarlik rejasidan o'rin olgan navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'ini fevral oyida tashkil etiladi.
Vadim Abramov boshchiligidagi Milliy jamoamiz 8-18 fevral kunlari Dubay shahrida mashg'ulot olib boradi va yig'in davomida uchta o'rtoqlik o'yini o'tkazilishi reja ostiga olingan.
Xususan, 15 fevral kuni MTJ azolari BAA futbol associaciyasi maydonida Iordaniya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Qolgan ikki o'rtoqlik uchrashuvi uchun raqib jamoalar bilan muzokaralar davom etmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar