O'zbekiston MTJ bugun Singapurga uchishdan oldingi so'nggi mashg'ulotni o'tkazdi
13 okt 2019 20:08
Yangiliklar


O'zbekiston MTJ bugun Singapurga uchishdan oldingi so'nggi mashg'ulotni o'tkazdi
Ertaga O'zbekiston milliy terma jamoasi Singapurga uchib ketadi.
Bugun Vadim Abramov boshchiligidagi terma jamoamiz "Jar" stadionida mashg'ulot o'tkazdi. Ushbu mashg'ulotda oldinroq xabar berilganidek 22 nafar futbolchi qatnashdi. Darvozabon Abdumavlon Abdujalilov va murabbiy Timur Kapadze o'yinoldi matbuot anjumanida ishtirok etish uchun bugun Singapurga uchib ketishdi. Ertaga terma jamoamiz charter reys bilan to'g'ri Singapurga uchib boradi.
Mashg'ulotlardan to'liq galereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilish mumkin. FOTOGALEREYA
foto: Jahongir Fayzullaev
O’xshash yangiliklar

Fikrlar