O'zbekiston MTJ bugun qaytadi
14 sen 2023 13:09
Yangiliklar
Terma jamoa AQSH safari davomida o'rtoqlik o'yinida dastlab AQSHga 0:3 hisobida yutqazgan bo'lsa, Meksika bilan murosa ko'chasini tanladi (3:3).
Srechko Katanec shogirdlari bugun Istanbul – Toshkent yo'nalishi bo'yicha parvoz qiladi va tungi soat 1:00 da yurtimizga etib keladi.
Toshkentga qaytadigan tarkib:
Darvozabonlar — Botirali Ergashev, O'tkir Yusupov.
Himoyachilar — Farruh Sayfiev, Hojiakbar Alijonov, Dilshod Saitov, SHahzod Azmiddinov.
Yarim himoyachilar — Odiljon Hamrobekov, Aziz Turg'unboev, Jamshid Iskanderov, Jaloliddin Masharipov, Oston O'runov, Abror Ismoilov.
Hujumchilar — Bobir Abdiholiqov.
Qolgan futbolchilar esa o'z klublari ixtiyoriga yo'l olishadi.
O'zbekiston MTJning navbatdagi yig'ini oktyabr oyida Cian (Xitoy Xalq Respublikasi) shahrida tashkil qilinadi. O'zbekiston 13 oktyabr kuni Vetnam bilan, 16 oktyabrda esa Xitoy bilan bahs olib borishi rejalashtirilgan.
Fikrlar