Futzal. O'zbekiston MTJ 10 yanvardan yig'in boshlaydi

Tolibjon Qosimov
7 yanv 2020
Shu yilning 26 fevralidan 8 martiga qadar Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020 bahslari bo'lib o'tadi.

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi qita birinchiligiga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini qachon boshlashi ma'lum bo'ldi. Terma jamoamiz 10 yanvar sanasidan Toshkentda yig'inga kirishadi. Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan "Bunyodkor" akademiyasiga qarashli zalda olib boriladi. B.Ahmedov yig'inga 20 nafar o'yinchini taklif etgan. Yakunda Osiyo chempionatiga ulardan 14 nafari olib ketiladi.

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'iniga chaqirilgan o'yinchilar:

Darvozabonlar:

1. Rustam Umarov (AGMK)
2. Klim Tyugaev ("Lokomotiv")
3. Ravshan Eliboev ("Paxtakor")
4. Abbos Elmurodov ("Lokomotiv")

O'yinchilar:
5. Anasxon Rahmatov (AGMK)
6. Ixtiyor Ropiev (AGMK)
7. Mashrab Odilov (AGMK)
8. Ilhom Hamroev (AGMK)
9. Husniddin Nishonov (AGMK)
10. Dilshod Rahmatov (AGMK)
11. Davron Choriev ("Paxtakor")
12. Akbar Usmonov (AGMK)
13. Sunnatilla Jo'raev ("Nasaf")
14. Konstantin Sviridov ("Maksam-Chirchiq")
15. Javlon Anorov ("Maksam-Chirchiq")
16. Artur Yunusov ("Sipor", Tojikiston)
17. Xushnur Erkinov ("So'g'diyona")
18. Abdulla Solixov ("Lokomotiv")
19. Shohzod Sadiev ("Dinamo")
20. Dilmurod Shavkatov ("Paxtakor")


Bugun O'zbekiston futzal terma jamoasi 21 va 23 yanvar kunlari Ozarbayjon bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi haqida xabar bergan edik. Vakillarimiz 10 yanvardan boshlanadigan yig'inni shu oyning 19 sanasigacha davom ettirishadi va aynan shu kuni Bokuga uchib kyetishadi.

Futzal. O'zbekiston MTJ Ozarbayjon bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi

Eslatib o'tamiz, Turkmaniston mezbonlik qiladigan Osiyo chempionati shu yilning 12 sentyabrdan 4 oktyabrga qadar Litvada o'tkaziladigan Jahon chempionatiga yo'llanma beradi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia